Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ante Rebić | ||
Tavallud sanasi | 21-sentyabr 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Split, Xorvatiya | ||
Boʻyi | 1.85 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Milan (futbol klubi) AC Milan | ||
Raqami | 12 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2008 | Vinjani | ||
2008—2010 | Imotski | ||
2010—2011 | RNK Split | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2013 | RNK Split | 59 | (18) |
2013—2018 | Fiorentina | 5 | (2) |
2014—2015 | → RB Leipzig (ijarada) | 11 | (0) |
2015—2016 | → Hellas Verona (ijarada) | 10 | (0) |
2016—2018 | → Eintracht Frankfurt (ijarada) | 49 | (8) |
2018—2020 | Eintracht Frankfurt | 29 | (9) |
2019—2020 | → AC Milan (ijarada) | 26 | (11) |
2020- | AC Milan | 51 | (13) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 | Xorvatiya U18 | 3 | (0) |
2011—2012 | Xorvatiya U19 | 5 | (3) |
2012—2013 | Xorvatiya U20 | 6 | (3) |
2012—2013 | Xorvatiya U21 | 8 | (4) |
2013- | Xorvatiya | 42 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ante Rebić ((talaffuzi: Ante Rebich); 1993-yil 21-sentabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi. Serie Ada "Milan" klubi hamda Xorvatiya terma jamoasida vinger sifatida toʻp tepadi. U ikkala qanotda ham, ikkinchi hujumchi sifatida ham maydonda harakat qila oluvchi kam sonli futbolchilardan biridir.
U oʻzining professional faoliyatini RNK Split jamoasida boshlagan va 2013-yilda nomaʼlum miqdordagi toʻlov evaziga A Seriyaning „Fiorentina“ klubi bilan shartnoma imzolagan. U oʻzining koʻp vaqtini asosiy jamoada emas, balki ijarda: RB Leipzig, Hellas Verona va Ayntraxt Frankfurt kabi jamoalar tarkibida ijarada oʻtkazadi, keyin esa 2018-yil iyul oyida doimiy ravishda asosiy tarkibdan oʻrin egallashga erishadi. 2019-yil sentabrida u Italiya futboliga qaytadi va „Milan“ga dastlab ikki yillik ijara asosida, bir yildan soʻng esa toʻlaqonli jamoa aʼzosi sifatida qoʻshiladi.
Rebich 2013-yilda Xorvatiya terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha yili u Xorvatiya sportida yilning eng yaxshi umidli futbolchisi deb topildi. Futbolchi terma jamoa sharafini 2014-yil va 2018-yillarda boʻlib oʻtgan FIFA Jahon Chempionatida himoya qilgan. Oʻzining ikkinchi jahon chempionatida finalga qadar yetib borgan, shuningdek, UEFA Yevro-2020da ham ishtirok etgan.
Rebich oʻz faoliyatini Vinjani uchun yoshlar jamoasida toʻp surishdan boshlagan. U 2008-yilda Imotskiga koʻchib oʻtdi va u yerda ikki mavsum oʻtkazdi. 2010-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan turnirdagi yaxshi oʻyinlaridan soʻng, u "Hayduk Split " yoshlar jamoasi bilan birga borgan Rebichni RNK Split jamoasiga oʻsha paytlardagi jamoa bosh murabbiyi Darko Butorovich olib keladi.
Rebich asosiy jamoadagi debyutini 2011-yil 21-may kuni Zagrebning Dinamo jamoasiga qarshi 2010—11-yilgi mavsumda Prva HNLning soʻnggi turida ikkinchi boʻlimda zahiradan maydonga tushgan holda oʻtkazdi. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi va Rebich oʻz goli bilan hisobni tenglashtirdi. 2011-yil avgust oyida Rebich RNK Split bilan professional uch yillik shartnoma imzoladi. 2011—12-yilgi mavsumda Rebich 20 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi, ulardan 4 tasi zaxiradan maydonga tushganida kiritdi. 2012—13-yilgi mavsumda Rebich 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol kiritgan
2013-yil 28-avgustda Rebich Italiyaning „Fiorentina“ klubi bilan nomaʼlum miqdordagi summa evaziga besh yillik shartnoma imzolaydi. Tibbiy koʻrikdan oʻtgan soʻng, unga 9-raqamli futbolka beriladi. U 30-sentabr kuni maydonga, 36-daqiqada jarohat olgan jamoadoshi Juzeppe Rossining oʻrniga, mezmon sifatida oʻtayotgan baxsda „Parma“ ga qarshi oʻyinda (2:2) maydonga tushadi. Debyut uchrashuvida u jarohat olib, uch haftaga safdan chiqadi. Rebich 2014-yilning 8-yanvarida oʻzining birinchi golini urishdan oldin „Fiorentina“ tarkibida yana uchta oʻyinda maydonga tushdi va Italiya Kubogi 1/8 finalida "Kyevo Verona "ga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. 18-may kuni u A Seriyadagi ilk golini Manuel Paskualni almashtirgandan ikki daqiqa oʻtib Stadio Artemio Franchida „Torino“ jamaosiga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan oʻyinda kiritadi.
2014-yil 3-avgustda Rebichni quyi Bundesliganing „Leipzig“ klubi bir mavsumga ijaraga oladi. „Leipzig“dagi ijara muddati tugaganidan soʻng, Rebich „Fiorentina“ga qaytadi va unga avvalroq Xuan Kuadrado kiygan va asosan chap qanotda foydalanilgan 11-raqamli futbolka beriladi. U 1-oktabr kuni Yevropa Ligasida Belenensesga qarshi oʻyinda (4:0) klub bilan Yevropadagi debyutini oʻtkazadi. Oʻsha musobaqadagi navbatdagi oʻyinda Rebich "Lex Poznan "ga 2:1 hisobida magʻlub boʻlganida, qoʻshib berilgan vaqtda ehtiyotsizlik natijasida maydondan chetlatiladi. 1-noyabr kuni u A Seriyadagi ilk golini „Frozinone“ga qarshi oʻyinda (4:1) kiritadi.
„Fiorentina“ tarkibida bor-yoʻgʻi oltita oʻyinda maydonga tushib, bir marta gol urgan Rebich 2016-yilning 14-yanvarida „Hellas Verona“ jamoasiga ijaraga beriladi. Biroq u 9 uchrashuvda gol ura olmaydi va Verona B Seriyaga tushib ketadi. 20-mart kuni Jaampaolo Pazzinining oʻrniga oʻyinda maydonga tushib, „Marc’Antonio Bentegodi“ stadionida „Karpi“ga 2:1 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi.
Rebich 2016-yilning 11-iyulida Frankfurtning „Ayntraxt“ klubiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi va terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Niko Kovach bilan yana birlashdi. Mononukleoz bilan qisqa muddatli kurashdan soʻng, Rebich 17-sentabr kuni "Bayer "ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Zaxiradan maydonga tushdi va Marko Fabianga, gʻalaba keltirgan golga, assistentlik qildi (2:1). 2017-yilning 5-fevralida u Commerzbank Arenada Hessening boshqa jamoasi SV Darmshtadt 98 ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda yangi jamoasi uchun birinchi golini kiritdi. 27-may kuni u 2017-yilgi DFB-Pokal finalida hisobni tenglashtirdi, ammo Frankfurt Dortmundning „Borussiya“siga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
2017-yilning 31-avgustida Rebich ikkinchi marta „Ayntraxt“ga sotib olish opsiyasi bilan yana bir yilga ijaraga oʻtdi. Oʻsha mavsumda u barcha musobaqalarda toʻqqizta gol urdi va uchta golga assistentlik qildi. Ushbu mavsumda u 19-may kunidagi 2018-yilgi DFB-Pokal Finalida ikkita gol kiritilgani, 3:1 hisobidagi gʻalaba uning klubiga 1988-yildan buyon ilk kubokni taqdim etgani va „Bavariya“ dublini chipakka chiqargani bilan omma eʼtirofiga tushadi. Mavsum oxirida Frankfurtning „Ayntraxt“ klubi Rebichni 2 million yevro evaziga doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalanib qoladi.
2018-yilning 10-avgustida Rebich 2022-yilning iyuniga qadar davom etadigan yangi shartnoma imzoladi. Uni "Manchester Yunayted ", „Tottenxem“, „Bavariya“ va „Sevilya „ kabi klublar kuzatib borishgan va „Ayntraxt“ „Bavariya“ga bosh murabbiy sifatida qoʻshigan Kovachdan tashqari bir nechta yulduz futbolchilarini yoʻqotgan edi. Ikki kundan soʻng, „Ayntraxt“ 2018-yilgi DFL-Superkubogini oʻz uyida aynan oʻsha jamoaga boy berdi, Rebich 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi.
2019-yil 11-avgustda u DFB-Pokal oʻyinida Valdhof Mannheimga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi, bu oʻyinda „Ayntraxt“ 5:3 hisobida gʻalaba qozondi.
2019-yil 2-sentabrda Rebich Italiyaga qaytib keldi va „Milan“ bilan ikki yillik ijara shartnomasini imzoladi.
Mavsumning birinchi yarmini zaxira oʻrindigʻida oʻtkazganidan soʻng, terma jamoada klubdan koʻra koʻproq daqiqa harakat qilgan Rebich 2020-yil 19-yanvarda “Udineze“ga qarshi oʻyinda (3:2) ligadagi dastlabki ikkita golini kiritadi. Bir hafta oʻtgach, u „Breshiya“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan yagona gol bilan super zaxiradan tushgan holda kiritiluvchi — subgollar seriyasini davom ettiradi. 9-fevral kuni u Derbi della Madonninada hisobni ochib beruvchi golga mualliflik qiladi. Ammo oʻyin 4:2 hisobidagi „Inter“ ning gʻalabasi bilan yakunlanadi. Toʻrt kundan soʻng u Italiya kubogi doirasida „Yuventus“ ga qarshi oʻyinda (1:1) „Milan“ning yagona golini kiritadi. 17-fevral kuni u „Torino“ga qarshi oʻyinda (1:0) yagona gol muallifiga aylanadi. 12-iyun kuni klubning COVID-19 pandemiyasidan keyingi birinchi oʻyinida, Italiya Kubogining „Yuventus“ga qarshi javob oʻyinida Rebich „Yuventus“ himoyachisi Daniloga qoʻpollik qilgani uchun oʻn olti daqiqadan soʻng maydondan chetlatilgan edi. 4-iyul kuni u chempionlikka daʼvogar „Latsio“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, uchinchi golini kiritadi, bu ularning mavsumdagi ilk oʻz maydonida magʻlubiyatga uchrashi boʻladi. 7-iyul kuni u penaltini ishlab oladi, golli uzatmani amalga oshiradi va „Yuventus“ ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonilishiga oʻzining katta hissasini qoʻshadi. Oʻsha mavsumda Rebich 12 ta golga mualliflik qiladi va 4 ta golli uzatmani amalga oshiradi.
2020-yil 12-sentabrda „Milan“ Rebichni doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalangan va futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan edi. 27-sentabr kuni u penaltini ishlab oladi va Frank Kessi unumli foydalagan ushbu gol yordamida Krotone ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonadi. Ushbu oʻyinda u birinchi golga assistenlik qiladi, ammo oʻyinning 58-daqiqasida u qarshi hujumda yiqilib, tirsagini chiqarib yuboradi. U 1-noyabr kuni „Udineze“ ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi gʻalabaning 71-daqiqasida Rafael Leao oʻrniga maydonga tushib, jamoaga qaytadi. 23-dekabr kuni u oʻzining mavsumdagi ilk golini kiritadi, bu gol „Latsio“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishga oʻz koʻmagini beradi. 2021-yil 6-yanvarda Rebichda COVID-19 testi ijobiy chiqadi va „Yuventus“ga qarshi derbida ishtirok eta olmaydi. Bu uchrashuvda Milan 3:1 hisobida magʻlub boʻladi. Ushbu magʻlubiyat ular uchun mavsumdagi dastlabkisi edi. 28-fevral kuni u „Roma“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan golga mualliflik qiladi. 9-may kuni u „Yuventus“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ajoyib gol urib, „Milan“ga Chempionlar ligasi saralashi uchun muhim 3 ochkoni qoʻlga kiritdi. Oradan uch kun oʻtib, „Torino“ga qarshi oʻyinda (7:0) u Teo Ernandes tomonidan kiritilgan toʻrtinchi golga assistentlik qiladi va shu bilan birga oʻzi uchun xet-trikni rasmiylashtirib qoʻyadi. Bu mavsumda umumiy hisobda Rebich 11 ta gol kiritadi va 3 ta golga assistentlik qiladi.
2021-yil 12-sentabrda u „Latsio“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda ikkala golga ham assistentlik qilgan edi. Uch kundan soʻng Rebich Chempionlar ligasidagi debyutini "Liverpul"ga qarshi 3:2 hisobidagi oʻyindagi „Milan“ning birinchi goliga mualliflik qiladi. 19-sentabr kuni u „Yuventus“ga qarshi oʻyinda (1:1) hisobni tenglashtirdi, bu oʻzining „Yuventus“ darvozasiga umumiy ligadagi 3-goli sifatida qaydnomasiga kiritib qoʻyiladi. 24-noyabr kuni Rebich mashgʻulotlarda jarohat olgani va bir oyga safdan chiqishi kutilayotgani xabar qilinadi. Ammo, u 2022-yilning 9-yanvarigacha „Venesiya“ga qarshi maydonga qaytmaydi. 19-fevral kuni u Salernitanaga qarshi safarda 2:2 hisobida yakunlangan oʻyinda 25 metrdan kuchli zarba yoʻllagan holda hisobni tenglashtirdi, bu uning 5 oydagi birinchi goli sifatida roʻyxatga kiradi.
2013-yilning 31-iyulida Lixtenshteyn bilan mehmonda oʻtkaziladigan oʻrtoqlik oʻyini oldidan Rebich ilk bor milliy terma jamoaga chaqirildi. U oʻyinda Ivitsa Olichning oʻrniga 63-daqiqada maydonga tushdi va toʻrt daqiqa oʻtib 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyindan soʻng uni bosh murabbiy Igor Shtimac maqtadi.
Xorvatiya U21 terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Niko Kovach kelganidan soʻng, Rebich 2013-yil noyabr oyida Islandiyaga qarshi jahon chempionatining hal qiluvchi pley-off oʻyinlariga chaqirildi. U har ikkala oʻyinda ham zaxiradan maydonga tushdi. umumiy hisobda 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, 2014-yilgi FIFA Jahon kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Rebich Braziliyada boʻlib oʻtadigan turnir uchun Kovachning 23 kishilik yakuniy tarkibiga kiritildi. U San-Pauluda mezbonlarga qarshi oʻtkazilgan ochilish oʻyinida 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan edi. U keyingi ikki oʻyinda hamda xorvatlar guruhdan chiqib ketishlari oldi Meksikaga qarshi soʻnggi oʻyinida maydonda harakat qiladi. Karlos Penyaga qarshi qoʻpolligi uchun 80-daqiqada maydondan chetlatiladi.
2015-yilning iyunidan 2017-yilning noyabrigacha Rebich Xorvatiya terma jamoasi safida maydonga tushmagan. U bosh murabbiy Zlatko Dalichning Rossiyada boʻlib oʻtadigan 2018-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibiga kiritildi. Nijniy Novgorodda Argentinaga qarshi ikkinchi guruh oʻyinida u darvozabon Villi Kabaleroga qarshi oʻyinda xatoga yoʻl qoʻyganidan foydalangani holda, Xorvatiyaning 3:0 hisobidagi gʻalaba oʻyinidagi lik golini kiritadi. Daniyaga qarshi nimchorak tur uchrashuvida qoʻshimcha boʻlim tugashiga yaqin gol urish imkoniga ega boʻldi, lekin Matias Yorgensen tomonidan qoʻpollik natijasida toʻxtatib qolinadi. Luka Modrich penaltini amalga oshira olmaydi, ammo oʻyinda xorvatlar gʻalaba qozonadi. Rebich Lujniki stadionida Fransiyaga 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan final uchrashuvida 71 daqiqadan soʻng Andrey Kramarich oʻrniga maydonga tushadi.
U oʻzining uchinchi xalqaro golini 2019-yil 24-mart kuni Xorvatiyaning Yevro-2020 saralash bosqichida Budapeshtda Vengriyaga 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratganida kiritgan edi. U klubda zaxira oʻrindigʻiga qoʻyilgandan soʻng, uning formasi tushib ketganini saralash oʻyinlarida ham koʻrish mumkin edi, bu esa jamoatchilikning noroziligiga sabab boʻldi va uning Yevropa chempionati tarkibidagi oʻrnini xavf ostiga qoʻydi.
Xorvatiyaning 2020—21-yilgi Millatlar ligasi musobaqasidagi ishtirokidagi aksariyat oʻyinlarni jarohatlar tufayli oʻtkazib yuborganidan soʻng, Rebić terma jamoa bosh murabbiyi Dalichning UEFA Yevro 2020 uchun moʻljallangan yakuniy tarkibiga kiritildi. Xorvatiyaning Angliya va Chexiyaga qarshi guruh bosqichidagi dastlabki ikkita oʻyinida, Xorvatiya mos ravishda 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan va 1:1 hisobida durang oʻynagani uchun, Rebich Dalich tomonidan yomon natijalar koʻrsatayogan qanot hujumchisi sifatida emas, balki markaziy hujumchi sifatida maydonga tushiriladi. Ispaniyaga qarshi 16-tur uchrashuvida Rebich 38-daqiqada butsasini almashtirish uchun maydondan chetga chiqib turadi. Oʻshanda Xorvatiya 1:0 hisobida oldinda, Ispaniya esa hujumda edi, natijada Pablo Sarabiya hisobni tenglashtiradi. Xorvatiya qoʻshimcha boʻlimdan keyin oʻyinda 5:3 hisobida magʻlub boʻladi. Ushbu koʻrsatgan karomati uchun oʻz vatanida qattiq tanqid qilinganidan soʻng Rebić oʻzining Instagram sahifasida Dalich va Xorvatiya futbol federatsiyasini tanqid qilib, "Ushbu haqiqat (Milliy terma jamoa) soʻnggi ikki-uch yil davomida boʻsh edi va u (Dalich) bunday isteʼdodli avloddan foydalana oladigan hech kim yoʻqligidan shaxsan afsusdaman", deya post joylashtiradi. U, shuningdek, xorvatiyalik ekspertlarni (aniqrogʻi Robert Prosinečki, Goran Vlaovich va Antun Samovoyskani) istehzo bilan tanqid qilib, ularga „koʻrsatuvlar oldidan spritzerni qoʻyib yuboringlar“ (Prosinečkining ichkilik bilan bogʻliq muammolarini nazarda tutib) va „oʻrniga Xorvatiyani qoʻllab-quvvatlanglar“ deya taʼkidlaydi. Koʻp oʻtmay u postlarni oʻchirib tashlaydi va akkauntini oʻchirib qoʻyadi. Rossiya, Slovakiya va Sloveniyaga qarshi sentabr oyida boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati saralash oʻyinlari oldidan Rebich terma jamoaga kiritilmagandi.
Rebić oʻzining jismoniy kuchi hamda toʻp bilan yoki toʻpsiz ham yugurish tezligi bilan mashhurdir. 2019-yilda u 21.81mphlik natijasi orqali Achraf Hakimidan soʻng,Bundesligadagi eng tezkor ikkinchi oʻyinchi boʻldi."Ayntraxt" safida toʻp surgani holda, soatiga 34km/s koʻrsatkich bilan, shuningdek, 2018-yilgi jahon chempionatida Krishtianu Ronaldu bilan birga eng tez oʻyinchi sifatida eʼtirof etiladi. Uning dribbling qobilyati juda yaxshi, ayniqsa yakkama-yakka vaziyatlarda va qiyin vaziyatlarda toʻpni tana kuchi bilan himoya qila oladi. Biroq, uning yakkama yakka kurashlarda toʻpga birinchi yetishi uning oʻyinni yaxshilay oladigan sifatlaridan biri sifatida tilga olingan. Uning boshqa sifatlari esa uning aniq toʻp uzatishlari, uzun paslar va uzoq masofadan berilgan zarbalarning aniqligi, shuningdek, yuqori bosimli vaziyatlarda qaror qabul qila olishidir. Taktik jihatdan Rebich koʻp qirrali forvard (hujumchi) boʻlib, u turli tuzilmalarda bir nechta pozitsiyalarda harakat qila oladi. U asosan 4-3-3 yoki 4-2-3-1 oʻyin sxemalarida chap qanot hujumchisi sifatida maydonda harakat qilsa-da, 4-4-2 sxemasida hujumkor yarim himoyachi yoki yordamchi hujumchi sifatida ham oʻynay oladi. „Ayntraxt“ning 2018—19-yilgi mavsumida u 3-4-1-2 taktik sxemasida hujumkor yarim himoyachi sifatida maydonga tushdi va Luka Yovich va Sebastyan Xaller bilan oʻzaro hujumkor uchburchakni tashkil qildi. Hujum vazifalaridan tashqari, u oʻz jamoasining himoyaviy oʻyinlarida, jumladan, raqibning pressingi yoki qarshi pressingida ishtirok etishga tayyorligi uchun maqtovga sazovor boʻlgan.
2018-yil iyun oyida Rebich oʻzining bolalik qishlogʻi Vinjani Donji aholisining barcha qarzlarini toʻlagani haqida xabar berilgan edi. 2021-yil fevral oyida Rebich Slavonski Brodlik bolalarni reabilitatsiya qilish va oʻqitish uchun yangi muassasa qurilishini moliyalashtirish uchun 10 000 yevro xayriya qildi.
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubokda | Yevropa | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizon | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
RNK Split | 2010-11 | Prva HNL | 1 | 1 | 0 | 0 | — | — | 1 | 1 | ||
2011-12 | Prva HNL | 20 | 5 | 1 | 0 | 3 | 0 | — | 24 | 5 | ||
2012-13 | Prva HNL | 29 | 10 | 2 | 2 | — | — | 31 | 12 | |||
2013-14 | Prva HNL | 4 | 0 | 0 | 0 | — | — | 4 | 0 | |||
Umumiy | 54 | 16 | 3 | 2 | 3 | 0 | 0 | 0 | 60 | 18 | ||
Fiorentina | 2013-14 | Serie A | 4 | 1 | 1 | 1 | — | — | 5 | 2 | ||
2015-16 | Serie A | 4 | 1 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 7 | 1 | ||
Umumiy | 8 | 2 | 2 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 12 | 3 | ||
RB Leipzig (loan) | 2014-15 | 2. Bundesliga | 10 | 0 | 1 | 0 | — | — | 11 | 0 | ||
Hellas Verona (loan) | 2015-16 | Serie A | 10 | 0 | 0 | 0 | — | — | 10 | 0 | ||
Eintracht Frankfurt (loan) | 2016-17 | Bundesliga | 24 | 2 | 4 | 1 | — | — | 28 | 3 | ||
2017-18 | Bundesliga | 25 | 6 | 3 | 3 | — | — | 28 | 9 | |||
Eintracht Frankfurt | 2018-19 | Bundesliga | 28 | 9 | 0 | 0 | 9 | 1 | 1 | 0 | 38 | 10 |
2019-20 | Bundesliga | 1 | 0 | 1 | 3 | 4 | 0 | — | 6 | 3 | ||
Umumiy | 78 | 17 | 8 | 7 | 13 | 1 | 1 | 0 | 100 | 25 | ||
AC Milan (loan) | 2019-20 | Serie A | 26 | 11 | 4 | 1 | — | — | 30 | 12 | ||
AC Milan | 2020-21 | Serie A | 27 | 11 | 1 | 0 | 5 | 0 | — | 33 | 11 | |
2021-22 | Serie A | 24 | 2 | 3 | 0 | 2 | 1 | — | 29 | 3 | ||
Umumiy | 77 | 24 | 8 | 1 | 7 | 1 | 0 | 0 | 92 | 26 | ||
Umumiy faoliyat | 238 | 60 | 22 | 11 | 25 | 2 | 1 | 0 | 286 | 73 |
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Xorvatiya | 2013-yil | 3 | 1 |
2014-yil | 5 | 0 | |
2015-yil | 2 | 0 | |
2016-yil | 0 | 0 | |
2017-yil | 2 | 0 | |
2018-yil | 14 | 1 | |
2019-yil | 8 | 1 | |
2020-yil | 2 | 0 | |
2021-yil | 6 | 0 | |
Jami | 42 | 3 |
No. | Sana | Joy | Qopqoq | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2013-yil 14-avgust | Rheinpark Stadion, Vaduz, Lixtenshteyn | 1 | Lixtenshteyn | 2-1 | 3-2 | Doʻstona |
2 | 2018-yil 21-iyun | Nijniy Novgorod stadioni, Nijniy Novgorod, Rossiya | 18 | Argentina | 1-0 | 3-0 | 2018 FIFA Jahon chempionati |
3 | 2019-yil 24-mart | Groupama Arena, Budapesht, Vengriya | 28 | Vengriya | 1-0 | 1-2 | UEFA Evro-2020 saralashi |
Eintracht Frankfurt (talaffuzi: Ayntraxt Frankfurt)
Xorvatiya terma jamoasi bilan
Shaxsiy yutuqlar
Ordenlar