Mary Poppins (toʻplam)

Mary Poppins
Asl nomi Mary Poppins
Muallif(lar) P. L. Travers
Tarjimon(lar) Surayyo Saydaliyeva
Til inglizcha
Janr(lar)i qissalar
Nashr etilgan sanasi 1934-1935
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1975
Sahifalar soni 223

„Mary Poppins“ (talaffuzi: Meri Poppins) — britan yozuvchisi P. L. Travers qalamiga mansub ertak-qissalar toʻplami. 1975-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Mazkur toʻplamga Poppins haqida muallif yaratgan sakkiz qissaning ikkitasi kiritilgan.

Qissalarni rus tilidan oʻzbek tiliga Surayyo Saydaliyeva tarjima qilgan. Toʻplamga „17-uy“ (inglizcha: Mary Poppins) hamda „Mary Poppinsning qaytib kelishi“ (inglizcha: Mary Poppins Comes Back) qissalari kiritilgan.

17-uy

„17-uy“ (inglizcha: Mary Poppins) Marry Poppins (inglizcha: Mary Poppins) haqidagi birinchi kitob boʻlib, ilk bor 1934-yil chop etilgan. Unda London shahrining Cherry Tree Lane (talaffuzi: Cherri Tri Leyn) koʻchasidagi 17-xonadonda yashovchil mister va missis Banks (talaffuzi: Benks), ularning farzandlari Jane (talaffuzi: Jeyn) va Michael (talaffuzi: Maykl) hamda egizaklar John (talaffuzi: Jon) va Barbara (talaffuzi: Barbara) haqida hikoya qilinadi. Bolalarning enagasi Katie Nana (talaffuzi: Keti Nana) jahl bilan chiqib ketishi ortidan kuchli sharqiy shamol enaga Mary Poppinsni katta sumkasi bilan birga xonadonga olib keladi. Poppins enagalik qilishga rozi boʻladi („shamol oʻzgargunicha“). Bolalar enagalari qattiqqoʻl, maqtanchoq va qoʻpol boʻlishiga qaramasdan, sehrgara oʻxshash ajoyib shaxs ekanligiga amin boʻladilar. Mary Poppins bolalar bilan turli qiziqarli mashgʻulotlarni bajaradi. Asar soʻnggida qilgan ishlaridan qoniqqan enaga soyabonini ochadi, gʻarbdan esgan shamol esa uni olib ketadi.

Mary Poppinsning qaytib kelishi

„Mary Poppinsning qaytib kelishi“ (inglizcha: Mary Poppins Comes Back) enaga Marry Poppins (inglizcha: Mary Poppins) haqidagi ikkinchi kitobdir. Poppins ketganidan keyin Bankslar (talaffuzi: Benkslar) xonadonida tinchlik yoʻqoladi. Kunlarning birida Michael (talaffuzi: Maykl) varrak uchiradi. Varrak oʻzi bilan birga Poppinsni olib tushadi. Poppins Bankslar xonadoniga qaytib, yana bolalarga enagalik qila boshlaydi. Bolalar yana bir bor Poppins bilan turli-tuman ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechiradilar. Poppins bu safar ham Bankslar xonadonini tark etadi, ammo ehtiyoj tugʻilsa yana qaytishini aytadi.

Oʻzbekcha tarjima

Qissalarni rus tilidan oʻzbek tiliga Surayyo Saydaliyeva tarjima qilgan. Toʻplam 1975-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi ushbu toʻplamga faqat „17-uy“ (inglizcha: Mary Poppins) (1934) hamda „Mary Poppinsning qaytib kelishi“ (inglizcha: Mary Poppins Comes Back) (1935) qissalari kritilgan.Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Boboyeva – muharrir, G. Kalinovskiy – rassom, Q. Aliyev – rasmlar muharriri, L. Burkina – texnik muharrir, M. Ortiqova – musahhih. Kitob adadi – 45 000 nusxa.

Havolalar