![]() Pedro Chelsea safida | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Pedro Eliezer Rodríguez Ledesma | ||
Tavallud sanasi | 28-iyul 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Santa Cruz de Tenerife, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.69 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Lazio | ||
Raqami | 9 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1996-2004 | San Isidro | ||
2004-2005 | Barcelona | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005-2007 | Barcelona C | 71 | (11) |
2007-2009 | Barcelona B | 50 | (16) |
2008-2015 | Barcelona | 204 | (58) |
2015-2020 | Chelsea | 137 | (29) |
2020-2021 | Roma | 27 | (5) |
2021- | Lazio | 32 | (9) |
Milliy terma jamoa | |||
2008 | IspaniyaU21 | 2 | (0) |
2010-2017 | Ispaniya | 65 | (17) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (21-may uchun) |
Pedro Eliezer Rodríguez Ledesma (1987-yil, 28-iyulda tugʻilgan) — Pedro nomi bilan tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi, A Seriyaning „Latsio“ klubida hujumchi yoki vinger sifatida oʻynaydi. U oʻzining tezligi, driblingi va qarshi hujumdagi vaziyatlarni golga aylantirish qobiliyati bilan mashhur.
Pedro 2008-yildan 2015-yilgacha "Barcelona" safida barcha musobaqalarda 321 oʻyinda 99 ta gol urgan, 2015-yilda "Chelsi" klubiga oʻtadi va u yerda 206 oʻyinda 43 ta gol urgan. 2017-yilda Premer liga, 2018-yilda Angliya kubogi va 2019-yilda UEFA Yevropa ligasida gʻalaba qozonishiga yordam bergan. U 2020-yilda A Seriyaning „Roma“ klubiga oʻtgan. U 26 ta yirik sovrinni qoʻlga kiritgan. Jumladan, beshta La Liga va uchta UEFA Chempionlar Ligasi. 2009-10-yilgi mavsumda u bir mavsumda va bir kalendar yilida har bir rasmiy klub musobaqalarida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
Pedro Ispaniya terma jamoasi bilan ikkita FIFA Jahon kubogi va ikkita UEFA Yevropa chempionatida qatnashgan, birinchisida 2010-yilda, ikkinchisida esa 2012-yilda gʻalaba qozongan.
Santa Kruz de Tenerife shahrida tugʻilgan Pedro oʻz faoliyatini mahalliy „San Isidro“ jamoasida boshlagan. 2003-04-yilgi mavsumda u oʻzining "Yuvenil " jamoasi uchun 35 ta gol urdi , shuningdek, Tercera Divizionida asosiy jamoada maydonga tushdi. 17 yoshida u „Barcelona“ning yoshlar jamoasiga qoʻshildi.
Pedro „Barselona B“ ning asosiy oʻyinchisi edi, chunki jamoa toʻrtinchi diviziondan koʻtarilishga erishdi, 37 oʻyinda maydonga tushdi va 7 ta gol urdi. 2008-yilning 12-yanvarida u asosiy jamoa safida debyut qildi va La Liga doirasida „Real Mursiya“ga qarshi oʻz uyida 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda bir daqiqa oʻynadi.
Pedro birinchi jamoaga 2008-09 yilgi mavsumoldi qoʻshildi. 13-avgust kuni u 2008-09-yilgi UEFA Chempionlar ligasining uchinchi saralash bosqichida „Visla Krakov“ga qarshi oʻyinda (4:0) maydonga tushdi. Uning ushbu musobaqaning guruh bosqichidagi birinchi oʻyini 16-sentabr kuni boʻlib oʻtdi, u oʻz uyida „Sporting CP“ ga qarshi oʻyinda (3:1) Tyerri Anrini almashtirdi.
2015-yilning 20-avgustida Pedro Premer-liga chempioni "Chelsi" ga 19 million funt sterlingga transfer qilindi va 4 yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma imzolanganidan uch kun oʻtgach, u „Vest Bromvich“ga qarshi oʻyinda debyut qildi va ilk golini urdi bu „Chelsi“ning mavsumdagi ilk gʻalabasi boʻldi va jamoadoshi Diego Kosta tomonidan kiritilgan ikkinchi golga assistentlik qildi. 19- dekabr kuni Pedro " Sanderlend "ga qarshi oʻyinda (3:1) ikkinchi golini urdi, bu " Stemford Brij "dagi ilk oʻyini edi.
2020-yil 25-avgust kuni A Seriyaning „Roma“ klubi Pedro bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. U Giallorossi uchun debyutini 19-sentyabr kuni oʻtkazdi va A Seriyadagi birinchi oʻyinini „Verona“ga qarshi oʻtkazdi. U klubdagi ilk golini 3-oktabr kuni "Udineze"ga qarshi o‘yinda (1:0) kiritdi. Kuchli startdan soʻng, uning koʻrsatkichlari bir nechta jarohatlar va menejer Paulo Fonseka bilan ziddiyat tufayli yomonlashdi. Shunga qaramay, mavsumning so‘nggi o‘yinida u 2021-yil 15-may kuni „Kapitale derbisi“da „Latsio“ ga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida qozonilgan g‘alabaga oʻz hissasini qoʻshdi .
2021-yil 19-avgustda Pedro „Roma“ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoning mavsumoldi rejalariga kiritilmagani uchun „Roma“ning azaliy raqibi „Latsio“ga ikki yillik shartnoma asosida qo‘shildi. U 1985-yilda darvozabon Astutillo Maljiogliodan keyin toʻgʻridan-toʻgʻri ikki klub oʻrtasida transfer qilingan birinchi futbolchi boʻldi. 21-avgust kuni u „Latsio“da „Empoli“ga qarshi oʻyinda (3:1) debyut qildi. U „Latsio“dagi ilk golini 26-sentabr kuni „Roma“ga qarshi oʻyinda urdi va bu ikki klub uchun poytaxt derbisida gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi.
2010-yil 20-may kuni Pedroni Visente del Boske boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasiga 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritildi. Toʻqqiz kundan soʻng u Saudiya Arabistoniga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (3:2) debyut qildi. 8-iyun kuni Janubiy Afrikadagi final oldidan Polsha bilan boʻlib oʻtgan soʻnggi oʻyinda Pedro oʻzining ilk xalqaro golini urdi va Mursiyadagi Estadio Nueva Kondomina stadionida oʻyinda Fernando Torresga assistentlik qildi.
Tezkor, koʻp qirrali va aqlli ikki oyoqda ham kuchli zarba beraoladigan hujumchi Pedro odatda chap qanot yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydi. U ikkala qanotda ham, hujumda ham, yarim himoyada ham bir qancha pozitsiyalarda oʻynashga qodir; u Ispaniya terma jamoasida tez-tez oʻng qanotda oʻynaydi. Chaqqon va jussasi kichik oʻyinchi, u oʻzining tezligi, texnikasi, dribling mahorati va himoyadagi ishi, shuningdek, gol urish va gol yaratish qobiliyati bilan tanilgan.
Barselona B
Barselona
Chelsea
Ispaniya
Individual