Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi

1936–1991
Maqom Sovet Ittifoqi respublikasi (1936–91)
Hukumat boshchisi  
• 1936–1937 (ilk)
Uraz Isayev
• 1989–1991 (songgi)
Uzakbay Karamanov
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Qozogʻiston ASSR
Qozogʻiston

Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Qozogʻiston SSR (qozoqcha: Қазақ Советтік Социалистік Республикасы; ruscha: Казахская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Qozogʻistoni deb yuritiladi.

1920-yilning 26-avgustida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) tuzilgan. Respublika 1925-yilning 19-aprelida Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Казахская Автономная Социалистическая Советская Республика) deb qayta nomlangan. 1936-yilning 5-dekabrida Qozogʻiston SSR deb yana qayta nomlangan va toʻliq ittifoqdosh respublikaga aylangan.

Qozogʻiston SSR poytaxti Olmaota shahri boʻlgan. Respublika 222 rayonga boʻlingan, 83 shahar, 206 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.

Qozogʻiston SSR 1991-yilning 10-dekabrida Qozogʻiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 16-dekabr kuni esa respublika Sovet Ittifoqidan oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan soʻnggi ittifoqdosh respublika boʻldi. Qozogʻiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi

Tarixi

Qozogʻistonda sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 2–1-asrlarda shakllangan. 6-asr oʻrtasi – 8-asrda Turk xoqonligi, qarluqlar davlati, 9–12-asrlarda oʻgʻuzlar, Qoraxoniylar davlati boʻlgan. 11-asr – 13-asr boshida saljuqiylar, kidonlar, moʻgʻullar hujum qilgan. 15-asr oxirida Qozoq xonligi tuzilib, oʻz navbatida juzlarga boʻlingan. 16-asr boshiga kelib qozoq elati shakllangan.

19-asrning 60-yillarida Ulugʻ juzning Rossiyaga qoʻshilishi bilan butun qozoq yerlari (Semipalatinsk, Aqmolinsk, Toʻrgʻay, Uralsk, Yettisuv va Sirdaryo oblastlarining bir qismi) Rossiya tarkibiga oʻtdi.

Qozogʻistonda 19–20-asrlarda dastlabki sotsialist-demokratik toʻgaraklar tuzilgan. Qozogʻistonda Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr – 1918-yil fevralda oʻrnatilgan. 1920-yilning 26-avgustida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) tuzilgan. 1921-1922-yillarda yer-suv islohoti amalga oshirilgan.

Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi xaritasi

Qirgʻiziston ASSR 1925-yilning 19-aprelida Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Казахская Автономная Социалистическая Советская Республика) deb qayta nomlangan. 1924–1925-yillarda Oʻrta Osiyoning milliy-davlat chegaralanishi natijasida barcha qozoq yerlari birlashgan.

1936-yilning 5-dekabrida Qozogʻiston SSR tuzilgan va toʻliq ittifoqdosh respublikaga aylangan. 1937-yil Qozogʻiston SSR Kommunistik partiyasi tashkil topgan.

Qozogʻiston SSR 1991-yilning 10-dekabrida Qozogʻiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 16-dekabr kuni esa respublika Sovet Ittifoqidan oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan soʻnggi ittifoqdosh respublika boʻldi. Qozogʻiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Manbalar

  1. "Qozogʻiston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 491. 5-89890-018-7. 

Havolalar