They Don't Care About Us

„They Don't Care About Us“
Michael Jackson qoʻshigʻi
„HIStory: Past, Present and Future, Book I“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 16-aprel, 1996-yil(1996-04-16) (AQSH bayrogʻi AQSh)
Yozib olingan 1994-95
Janr
Davomiyligi
  • 4:44 (albom versiyasi)
  • 4:11 (LP tahrir)
Leybl Epic
Matn muallif(lar)i Michael Jackson
Prodyuser(lar) Michael Jackson
Michael Jackson xronologiyasi
„Why“
(1996)
They Don't Care About Us
(1996)
„Stranger in Moscow“
(1996)

They Donʼt Care About Us“ (tarjimasi „Ular biz haqimizda qaygʻurishmaydi“) — amerikalik xonanda Michael Jackson ijro etgan qoʻshiq. 1996-yilning 16-aprelda Jacksonning 1995-yil chiqarilgan „HIStory: Past, Present and Future, Book I“ deb nomlanuvchi toʻqqizinchi albomining beshinchi singli sifatida chiqarilgan. „They Donʼt Care About Us“ norozilik qoʻshigʻi boʻlib, Jackson yaratgan eng munozarali ashulalardan biri boʻlib keladi. AQSh ommaviy axborot vositalarida qoʻshiq antisemitik ruhda ekani haqidagi iddaolar keng yoritilishi ortidan Jackson bir necha marta tushuntirish berishi va uzr soʻrashiga, rejissor Spike Lee esa (talaffuz: Spayk Li) Jacksonning yonini olib, qoʻshiqni oʻzgartirilgan soʻzlar bilan qaytadan kuylangan versiyasini chiqarishiga turtki boʻlgan. Jackson qoʻshiq antisemitik ruhda ekani haqidagi daʼvolarni rad etgan hamda taqrizchilar beixtiyor yoki ataylab qoʻshiqni notoʻgʻri talqin qilishganini taʼkidlagan.

„They Donʼt Care About Us“ qoʻshigʻi uchun Lee rejissorligida ikkita hamroh klip olingan. Birinchisi Braziliyaning ikki joyida, xususan, Salvadorning tarixiy shahar markazi hisoblanuvchi Pelurinyoda hamda Rio-de-Janeyroning Santa-Marta nomli favelasida suratga olingan. Favela rasmiylari video ularning obroʻsiga putur yetkazishi hamda Rio-de-Janeyroning 2004-yilgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilishiga tahdid solishi mumkinligi haqidagi xavotirlar tufayli video olinishiga toʻsqinlik qilishga urinishgan. Bunga qaramay, mahalliy aholi xonandani mamnuniyat bilan kutib olgan va klip orqali oʻz muammolari kengroq auditoriyaga koʻrsatilishiga umid qilishgan. Ikkinchi video qamoqxonada suratga olingan boʻlib, undan inson huquqlarining buzilishiga oid koʻplab kadrlar oʻrin olgan.

„They Donʼt Care About Us“ qoʻshigʻining bozori chaqqon boʻlgan. Qoʻshiq barcha Yevropa mamlakatida birinchi oʻntalikka, Chexiya, Germaniya, Vengriya va Italiyada esa birinchi pogʻonaga chiqqan. AQShda esa qoʻshiq „Billboard Hot 100“ roʻyxatida 30-oʻringacha koʻtarilgan.

„They Donʼt Care About Us“ qoʻshigʻi Jacksonning 1996-yildan 1997-yilgacha davom etgan, „HIStory World Tour“ deb nomlangan uchinchi va yakuniy konsert dasturi davomida „Scream“ hamda „In the Closet“ qoʻshiqlari bilan popurri oʻlaroq ijro etilgan. Qoʻshiq Jacksonning 2009-yilning iyulidan 2010-yilning martigacha Londondagi „The O2“ arenasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan „This Is It“ konsert dasturida ijro etilishi kutilgan, ammo xonanda 2009-yilning 25-iyunida toʻsatdan vafot etgani sababli shoular bekor qilingan. 2011-yilning noyabr oyida „They Donʼt Care About Us“ qoʻshigʻi „Privacy“ („Invincible“ albomidan) hamda „Tabloid Junkie“ („HIStory“ albomidan) kabi qoʻshiqlar bilan miks qilinib, „Immortal“ albomiga kiritilgan.

Qoʻshiq 2014-2015-yillardagi „Qora tanlilarning hayoti ham muhim“ (inglizcha Black Lives Matter) norozilik namoyishlarida hamda 2020-yildagi namoyishlarda keng qoʻllanilganligi sababli yana eʼtiborga tushdi va yangidan dolzarblashdi.

Treklar roʻyxati

Yevropa CD singllari
  1. „They Donʼt Care About Us“ — 4:43
  2. „They Donʼt Care About Us (Track Masters Remix)“ — 4:07
  3. „They Donʼt Care About Us (Charles' Full Joint Remix)“ — 4:56
  4. „Beat It (Moby’s Sub Mix)“ — 6:11
AQSh CD singli
  1. „They Donʼt Care About Us“ — 4:43
  2. „They Donʼt Care About Us (Charles' Full Joint Mix)“ — 4:56
  3. „They Donʼt Care About Us (Dallas Main Mix)“ — 5:20
  4. „They Donʼt Care About Us (Love To Infinity’s Walk In The Park Radio Mix)“ — 4:46
  5. „They Donʼt Care About Us (Love To Infinity’s Classic Paradise Radio Mix)“ — 4:14
  6. „They Donʼt Care About Us (Track Masters Radio Edit)“ — 3:41
  7. „Rock With You (Frankieʼs Favorite Club Mix)“ — 7:45
  8. „Earth Song (Hani’s Club Experience)“ — 7:55

Jamoa

  • Michael Jackson — yetakchi vokal, yordamchi vokal, urib chaladigan musiqa asbobi, klavishlar, sintezatorlar, produser, sintezator dasturlash, vokal bilan aranjirovka, ritm bilan aranjirovka, torli cholgʻu asboblari bilan aranjirovka
  • Los Angeles Childrenʼs Choir — yordamchi vokal
  • Trevor Rabin — gitara
  • Slash — qoʻshimcha gitara
  • Brad Buxer — percussion, klavishlar, sintezatorlar, sintezator dasturlash
  • Chuck Wild — klavishlar, sintezatorlar, sintezator daturlash
  • Jeff Bova, Jason Miles — klavishlar, sintezatorlar
  • Bruce Swedien — muhandis, miksing
  • Eddie De Lena — assistant muhandislar, miksing
  • Matt Forger, Rob Hoffman — assistant muhandislar
  • Annette Sander — xor bilan aranjirovka

Chartlar

Manbalar

  1. Michael Jackson - 'They Don't Care About Us' (CD, Maxi-Single) | Discogs“ Discogsda
  2. Michael Jackson - 'They Don't Care About Us' (CD, Maxi-Single) | Discogs“ Discogsda
  3. Lecocq, Richard; Allard, François. Michael Jackson All the Songs: The Story Behind Every Track. Cassell, 23-oktyabr 2018-yil. ISBN 978-1788400572. 
  4. 4,0 4,1 "Michael Jackson – They Don't Care About Us". ARIA Top 50 Singles.
  5. 5,0 5,1 "Michael Jackson – They Don't Care About Us" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40.
  6. "Michael Jackson – They Don't Care About Us" (niderlandcha). Ultratop 50.
  7. "Michael Jackson – They Don't Care About Us" (fransuzcha). Ultratop 50.
  8. 8,0 8,1 8,2 Craig Halstead, Chris Cadman. Michael Jackson : The Solo Years Authors On Line Ltd: , 2003 — 138 bet. ISBN 978-0755200917. 
  9. „Eurochart Hot 100 Singles Week 17/96“. Music & Media. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil.
  10. 10,0 10,1 "Michael Jackson: They Don't Care About Us" (finncha). Musiikkituottajat – IFPI Finland.
  11. "Michael Jackson – They Don't Care About Us" (olmoncha). GfK Entertainment Charts.
  12. „Íslenski Listinn NR. 176 Vikuna 29.6. – 5.7. '96“ (PDF). Dagblaðið Vísir. 29–iyun 1996–yil. 50-bet. Qaraldi: 7–aprel 2018–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()[sayt ishlamaydi]
  13. 13,0 13,1 "The Irish Charts – Search Results – They Don't Care About Us". Irish Singles Chart. Qaraldi: 21-iyun 2013-yil.
  14. „Top National Sellers“ (PDF). Music & Media. 13-jild, № 16. 20–aprel 1996–yil. 20-bet. Qaraldi: 26–noyabr 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  15. "Nederlandse Top 40 – Michael Jackson" (niderlandcha). Dutch Top 40.
  16. 16,0 16,1 16,2 "Michael Jackson – They Don't Care About Us" (niderlandcha). Single Top 100.
  17. 17,0 17,1 "Michael Jackson – They Don't Care About Us". Top 40 Singles.
  18. 18,0 18,1 "Michael Jackson – They Don't Care About Us". VG-lista.
  19. „Notowanie nr749“. Nowe Media, Polskie Radio S.A.. LP3.polskieradio.pl. 4-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2018-yil. (Wayback Machine saytida 2019-08-04 sanasida arxivlangan)
  20. „Major Market Airplay - Week 14/1996“ (PDF). Music & Media. 6–aprel 1996–yil. 29-bet. Qaraldi: 1–fevral 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  21. Salaverri, Fernando. Sólo éxitos: año a año, 1959-2002, 1st, Spain: Fundación Autor-SGAE, September 2005. ISBN 84-8048-639-2. 
  22. „Årslistor > Year End Charts > Swedish Dance Chart 1996“ (PDF). Music & Media. 15–mart 1997–yil. 30 (see appendix to the magazine)-bet. Qaraldi: 8–dekabr 2020–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  23. 23,0 23,1 "Michael Jackson – They Don't Care About Us". Swiss Singles Chart.
  24. 24,0 24,1 24,2 "Michael Jackson: Artist Chart History". Official Charts Company.
  25. "Official R&B Singles Chart Top 40". Official Charts Company. Qaraldi: 10-yanvar 2021-yil.
  26. "Michael Jackson Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 27-may 2017-yil.
  27. "Michael Jackson Chart History (Dance Club Songs)". Billboard. Qaraldi: 27-may 2017-yil.
  28. 28,0 28,1 28,2 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named awards
  29. "Michael Jackson Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 27-may 2017-yil.
  30. "Michael Jackson Chart History (Rhythmic)". Billboard. Qaraldi: 27-may 2017-yil.
  31. "Michael Jackson – They Don't Care About Us". Tracklisten.
  32. ] „Top 100 Music Hits, Top 100 Music Charts, Top 100 Songs & The Hot 100“]. Billboard.com. Qaraldi: 2011-02-04. {{cite magazine}}: Check |url= value (yordam)

Havolalar