Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a | |
---|---|
The Lord of the Rings: The Two Towers | |
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Peter Jackson |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Howard Shore |
Kinematografiya | Andrew Lesnie |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | New Line Cinema |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 179 daqiqa |
Mamlakatlar | |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $94 million |
Daromadi | $926 million |
Avvalgi film | Uzuklar ittifoqi |
Keyingi film | Qirolning qaytishi |
Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a (inglizcha: The Lord of the Rings: The Two Towers) 2002-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Peter Jackson tomonidan suratga olingan epik, fentezi va sarguzasht janrlaridagi AQSh filmidir. Film gʻoyasi J. R. R. Tolkien qalamiga mansub Ikki qal’a nomli kitobga asoslangan hamda Uzuklar hukmdori trilogiyasining ikkinchi filmidir. Film produserlari Barrie M. Osborne, Fran Walsh va Jackson, ssenariyni esa Walsh, Philippa Boyens, Stephen Sinclair va Jackson yozishgan. Kartina prikveli Uzuklar ittifoqi (2001), sikveli esa Uzuklar ittifoqi (2001) filmlaridir. Filmda bosh qahramonlarni jonlantirgan aktyorlar sirasiga Elijah Wood, Ian McKellen, Liv Tyler, Viggo Mortensen, Sean Astin, Cate Blanchett, John Rhys-Davies, Bernard Hill, Christopher Lee, Billy Boyd, Dominic Monaghan, Orlando Bloom, Hugo Weaving, Miranda Otto, David Wenham, Brad Dourif, Karl Urban va Andy Serkis kirishadi.
Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a filmi premyerasi New York shahridagi Ziegfeld kinoteatrida 5-dekabr 2002-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda 18-dekabr 2002-yildan, Yangi Zelandiyada esa 19-dekabr 2002-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $94 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $947 milliondan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va bu koʻrsatkich bilan 2002-yilning eng kassabop filmi, dunyo miqyosida esa oʻttizinchi eng kassabop film boʻldi.
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a haqida 255 maqola yigʻilib, ulardan 95 foizi filmni ijobiy baholaydi. Sayt konsensusi shunday: „Ikki qalʼa filmi taʼsirchan harakatni emotsional hikoyalar bilan muvozanatlashtiradi, bu esa tomoshabinlarni toʻliq qoniqishiga va film oxiri qanday yakunlanishini sabrsizlik bilan kutishiga olib keladi“.
Gandalfning Moriyada Balrog bilan kurashayotgani haqida dahshatli tush koʻrayotgan Frodo Baggins va Samwise Gamgee Mordor yaqinida joylashgan Emyn Muilda uygʻonishadi va bu yerda adashib qolishganligini anglashadi. Keyinchalik, ular “Bir uzuk”ning sobiq egasi boʻlmish Gollum tomonidan kuzatilib borishayotganligini payqashadi. Ular Gollumni qoʻlga olishadi. Frodo unga shafqat qiladi hamda unga ularga yoʻl koʻrsatishiga izn beradi, Samwisega esa Mordorga kirib borish uchun Gollumning yordami kerakligini taʼkidlaydi.
Rol | Aktyor | Oʻzbekcha dublyaj | |
---|---|---|---|
Frodo Baggins | Elijah Wood | Abdulhay Otaxoʻjayev | |
Gandalf | Ian McKellen | Muhammadjon Xoʻjayev | |
Samwise „Sam“ Gamgee | Sean Astin | Elbek Mirzohidov | |
Aragorn | Viggo Mortensen | ||
Theoden | Bernard Hill | Hoshim Arslonov | |
Boromir | Sean Bean | ||
Legolas | Orlando Bloom | ||
Peregrin „Pippin“ Took | Billy Boyd | Elbek Mirzohidov | |
Gimli | John Rhys-Davies | Hoshim Arslonov | |
Saruman the White | Christopher Lee | Hoshim Arslonov | |
Sauron | Sala Baker | Hoshim Arslonov | |
Elrond | Hugo Weaving | ||
Lord Celeborn] | Marton Csokas | ||
Galadriel | Cate Blanchett | ||
Arwen | Liv Tyler | ||
Bilbo Baggins | Ian Holm | ||
Lurtz | Lawrence Makoare | ||
Barliman Butterbur | David Weatherley | ||
Gatekeeper va Bree | Martyn Sanderson | ||
Lobeila Sackville-Baggins | Elizabeth Moody | ||
Albert Dreary | Peter Jackson (kameo) |
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Howard Shore yaratgan.
№ | Nomi | Davomiyligi |
---|---|---|
1. | „Foundations of Stone“ | 3:51 |
2. | „The Taming of Sméagol“ | 2:48 |
3. | „The Riders of Rohan“ | 4:05 |
4. | „The Passage of the Marshes“ | 2:46 |
5. | „The Uruk-hai“ | 2:58 |
6. | „The King of the Golden Hall“ | 3:49 |
7. | „The Black Gate Is Closed“ | 3:17 |
8. | „Evenstar“ (Isabel Bayrakdarian bilan birgalikda) | 3:15 |
9. | „The White Rider“ | 2:28 |
10. | „Treebeard“ | 2:43 |
11. | „The Leave Taking“ | 3:41 |
12. | „Helm's Deep“ | 3:53 |
13. | „The Forbidden Pool“ | 5:27 |
14. | „Breath of Life“ (Sheila Chandra) | 5:07 |
15. | „The Hornburg“ | 4:36 |
16. | „Forth Eorlingas“ (Ben Del Maestro bilan birgalikda) | 3:15 |
17. | „Isengard Unleashed“ (Elizabeth Fraser va Ben Del Maestro bilan birgalikda) | 5:01 |
18. | „Samwise the Brave“ | 3:46 |
19. | „Gollum's Song“ (performed by Emilíana Torrini, (qoʻshiqnavis Fran Walsh)) | 5:51 |
Jami davomiyligi: | 72:46 |
№ | Nomi | Davomiyligi |
---|---|---|
20. | „Farewell to Lórien“ (Hilary Summers bilan birgalikda) | 4:37 |
Manba: IMDb.com
Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi filmi premyerasi Wellington shahridagi Embassy kinoteatrida 1-dekabr 2003-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda 17-dekabr 2003-yildan, Yangi Zelandiyada esa 18-dekabr 2003-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $94 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $1.1 milliard daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va bu koʻrsatkich bilan 2003-yilning eng kassabop filmi, dunyo miqyosida esa yigirma toʻrtinchi eng kassabop film boʻldi.