Vengerlar

Vengerlar (Magyarok)
Umumiy aholi soni

14.5 mln

Katta aholiga ega mintaqalar
Vengriya bayrogʻi Vengriya :9.416.015 (2001)

AQSH bayrogʻi AQSh:1.500.000 (2018)
Ruminiya bayrogʻi Ruminiya :1.237.746 (2011)
Slovakiya bayrogʻi Slovakiya :458.467 (2011)
Kanada bayrogʻi Kanada: 315.510 (2006)
Serbiya bayrogʻi Serbiya  : 293.299 (2002)
Ukraina bayrogʻi Ukraina  : 156.600 (2001)
Chexiya bayrogʻi Chexiya  : 8920 (2011)

Tillar
Venger tili
Dinlar
katolik, protestantizm, kalvinizm, unitarizm, lyutcherlik
Qarindosh etnik guruhlar
Fin-ugorlar

Vengerlar (oʻz nomi — majorlar, vengerchasi magyarok ) — ugor tillari guruhiga mansub yevropaliklar.

Tarixi

Vengerlarning til jihatdan ajdodlari yarim koʻchmanchi jangari chorvadorlar boʻlib, ularning ota-bobolari Ural sharqidagi dashtlarda istiqomat qilishgan. Antropolog Damir al-Kiramiy vengerlarni hozirgi Tatariston va Boshqirdiston xalqlarining qardoshlari ekanligi haqidagi fikri mavjud. Bir qator tadqiqotlarda hozirgi vengerlarga eng yevropaliklar — bolgarlar hisoblanib, eng uzoqlari esa, finlar va estonlardir. Shuni taʼkidlash kerakki, hozirgi aholi oʻz ajdodlaridan juda farq qiladi va X-asrda ularning ajdodlarining muhim qismi egalik qilgan fin-ugorlarning gaploguruhi hozirgi avlodlarida minimal yoki umuman yoʻq darajagacha yetib kelgan. Proto-vengerlarning proto-ugor jamoasidan ajralib chiqishi, odatda, Sargat arxeologik madaniyatining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Vengerlar eng yaqin lingvistik qarindoshlaridan, taygada qolgan hanti va mansidan farqli oʻlaroq, dashtga joʻnab ketgan va deyarli koʻchmanchi turmush tarzini boshlaganlar. Taxminan mil.av. 1-ming yilligida vengerlar Quyi Kama havzasiga koʻchib oʻtdilar (bu yerda ularning yodgorliklari Karayakup va Kushnarev madaniyati saqlanib qolgan), keyinchalik Qora dengiz va Azov dashtlariga koʻchib oʻtganlar va xazarlar va bugʻorlar hukmronligi ostida yashaganlar. Arxeologlar Dnepr mintaqasidagi Subbotsevo (Ukraina) qishlogʻidan topilgan madaniyat haqida maʼlumot berishgan, bu Vengriya moddiy madaniyati bilan eng mustahkam aloqalarni namoyish etadi. Qadimgi Vengriya qabilalari konfederatsiyasi tarkibiga yettita venger qabilalari va «kavarlar» nomi ostida Xazariyadan ajralib chiqqan uchta etnik ittifoqdosh xazar urugʻlari kirgan. Bolgarlar yaqinida joylashgan oʻngʻur (qadimiy turkiy xalq)larning toʻgʻrisdagi maʼlumotlar 836-838 yillarda bolgar-vizantiya mojarosida oʻngʻurlarning ishtiroki haqida hikoya qiluvchi Georgiy Amartolning xronikasida mavjud. 896 yilda Arpad va Kursan boshchiligida ular Transilvaniyaga joylashdilar, u yerdan Pannoniyani egalladilar va keyinchalik hozirgi Avstriya sharqiy qismi va janubiy Slovakiya yerlarini egalladilar. Shu asnoda vengerlar Gʻarbiy Yevropaga bosqinlar uyushtirishni boshladilar. Vaqt oʻtishi bilan (X-XI asrlarda) yangi kelgan vengerlar va ular bilan birga kelgan kavarlar mahalliy aholi (slavyanlar valaxlar, avarlar) bilan chatishib ketdilar hamda oʻzlarining koʻpgina urf-odatlari, madaniyati, tillarining soʻzlarni ulardan qabul qildilar va ular yashayotgan joylarga egallab oldilar. Shuningdek, XIII asrda alanlarning yas qabilasi hozirgi Vengriya hududiga koʻchib oʻtib, mamlakatning tarixiy mintaqalaridan biri — Yasshagga oʻz nomini berdi. Vengriya davlati vujudga keldi, u oʻz tarixida turli maydonlarni ishgʻol etgan va turli hududlarni oʻz ichiga olgan. Venger millati ham shu oʻsha davrda shakllana boshladi. 17-asrga kelib, Vengriya Gabsburg monarxiyasi hukmronligiga oʻtdi, ammo maʼlum darajada oʻzini oʻzi boshqarish huquqiga ega boʻldi. Shuning uchun vengerlar millat sifatida yoʻq boʻlib ketmadi, aksincha ularning milliy oʻziga xosligi, madaniyati, tili rivojlanib bordir. Avstriya-Vengriya davlati (1867) vujudga keldi, unda Vengriya davlatning ajralmas qismi hamda vengerlar millat sifatida oʻzi uchun juda muhim huquqlarga ega boʻldi.

Etnomini

Venger etnomini asli ungar (hungar) soʻzidan kelib chiqqan. Ushbu nom oʻz navbatida qadimgi bulgʻorcha on ogur (oʻn oʻgʻuz - oʻnta qabila demakdir) atamasidan yuzaga kelgan. Hungar nomidagi boshlangʻich h- harfi «hunlar» etnonimi taʼsiri ostida rivojlangan boʻlishi mumkin deb hisoblanadi. Oʻrta asrlarda Vengriya «Nibelunglar qoʻshigʻi» romanida aytib oʻtilganidek, uzoq vaqt Hunlar podsholigi deb nomlangan. Vengerlar oʻzlarining ittifoqchilari sifatida hunlar bilan birga Yevropani bosib olishganligiga ishonishgan. Vengerlarning oʻgʻuzlar bilan qadimiy aloqasini hisobga olgan holda, vengerlarning qadimgi nomi Mogor qadimgi turkiy til sanaluvchi bulgʻor tilidada muguz (hayvonning shoxi) maʼnosini anglatgan soʻzdan kelib chiqqan boʻlishi mumkin.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil