Władysław Reymont

Władysław Reymont
Tavalludi 7-may 1867
Vafoti 5-dekabr 1925
Ijod qilgan tillari Polyak tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va Second Polish Republic

Władysław Reymont (1867.7.5, Kobele-Velke — 1925.5.12, Varshava) — polyak yozuvchisi. Dastlabki romani — "Loʻttiboz ayol" (1896) avtobiografik motivlarda yozilgan. "Jannatmonand yer" (1—2 j.. 1899) romanida naturalistik va simvolistik usullardan voz kechib, realistik usulni qoʻllagan. "Mujiklar" (1—4 j., 1904—09) milliy epos romani muallifi. Ruhi va koloriti bilan sof polyakcha boʻlgan bu asar bir oz mavhum, kompozitsiyasi va tilida nuqsonlar boʻlishiga qaramay, yozuvchiga xalqaro miqyosda obroʻ keltirgan. "Uchrashuv" (1897), "Tong oldida" (1902), "Odillik bilan" (1899), "Gʻalayon" (1897) kabi asarlarida qishloq hayoti asl holicha yorqin tasvirlangan. "1794-yil" (1913—18) tarixiy trilogiyasida Polshadagi ichki siyosiy ahvol aks etgan. Nobel mukofoti laureati (1924)..

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil