Christian Bale

Christian Bale

Christian Bale (2009)
Tavalludi
Christian Charles Philip Bale

30-yanvar 1974-yil (1974-01-30)
Kasbi aktyor
Faoliyat yillari 1982—bugun

Christian Charles Philip Bale (talaffuzi: Krischen Charlz Filip Beyl; 30-yanvar, 1974) ingliz aktyordir. Amerika filmlarida suratga tushib tanilgan Bale mustaqil va art filmlarda ham rollar ijro etgan.

Bale oʻzbek tomoshabiniga ilk bora Bolaginam Mio (1987) filmidagi Jum-Jum roli orqali tanilgan, dunyo eʼtiboriga esa Steven Spielberg'ning Empire of the Sun (1987) filmida rol oʻynab tushgan. 2000-yili u Amerika Jinnisi filmida Patrick Bateman ismli serial qotil rolini ijro etib, kinotanqidchilar maqtoviga erishdi. 2004-yilgi Mashinist kinosida qiltiriq stanokchi rolida suratga tushish uchun 28 kilo vazn yoʻqotib, metodli ijrochi (yaʼni rolga butunlay kiruvchi ijrochi) ekanligini isbotladi.

Bale Christopher Nolan'ning Batman Muqaddima (2005), Qora Ritsar (2008) va Qora Ritsar: Afsonaning qaytishi (2012) filmlarida Batman rolini ijro etib, katta tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. 2010-yilgi Kurashchi filmidagi Dicky Eklund roli esa unga Oscar mukofotini keltirdi.

Manbalar

  1. „Christian Bale: American Psycho“. IMDB News. — „I was born in Wales but I'm not Welsh – I'm English“. 2004-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2008-yil. (Wayback Machine saytida 2011-07-23 sanasida arxivlangan)
  2. arxiv nusxasi, 2014-01-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-07

Havolalar