Seballos oʻz faoliyatini Ispaniyaning „Real Betis“ klubida boshlagan va jamoasining Segunda divizionida gʻalaba qozonishga yordam bergan. U 2017-yilda „Real Madrid“ bilan shartnoma imzolab, ikki yildan soʻng Angliya Premyer-ligasining„Arsenal“ klubiga ijaraga berilgan.
Jamoalardagi faoliyati
Real Betis
Ceballos AndalusiyaningUtrera shahrida tugʻilgan. U 2004-yilda sakkiz yoshida „Sevilya“ning yoshlar jamoasi safiga qoʻshildi, ammo surunkali bronxit muammosi tufayli 2009-yilda safdan chiqdi. Keyinchalik ona shahri „Utrera“ klubida oʻynadi va 2011-yilda shartnoma imzolaganidan soʻng „Real Betis“ bilan rivojlanishini davrini yakunladi. 2014-yilning 22-fevralida hali yosh boʻlishiga qaramay, „Betis“ futbol klubi bilan professional shartnoma imzoladi.
2015-yilning 15-oktyabrida, uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng Seballos „Betis“ klubi bilan shartnomasini 2020-yilning iyunigacha uzaytirdi. U Ispaniya chempionatidagi ilk golini 2017-yil 16-aprelda oʻz uyida „Eibar“ga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritgan.
Real Madrid
2017-yilning 14-iyulida Sebalos La Liganing „Real Madrid“ klubi bilan olti yillik shartnoma imzoladi, uning transfer narxi taxminan 18 million yevroni tashkil etgan edi. U 16-avgust kuni Ispaniya Superkubogi-2017 javob uchrashuvining 80-daqiqasida Toni Kroos oʻrniga maydonga tushdi va jamoa oʻz maydonida "Barselona" ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. 23-sentabr kuni „Deportivo Alaves“ ustidan mehmonda 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda dubl qayd etishga muvaffaq boʻldi.
Arsenal (ijara)
2019-yilning 25-iyulida Seballos Angliya Premer-ligasining „Arsenal“ klubiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi. 17-avgust kuni „Arsenal“ safida „Byornli“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻyindagi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. 3-oktyabr kuni Sebalos UEFA Yevropa ligasining 2019-20 yilgi mavsumi guruh bosqichida „Standart Liej“ga qarshi uy uchrashuvida 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, „Arsenal“ libosidagi debyut golini kiritdi. 2020-yilning 28-iyunida u Angliya kubogi 2019-20 chorak finalida 1:2 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda qoʻshib berilgan vaqtda Sheffild Yunayted darvozasiga hal qiluvchi ikkinchi golini urdi. U finalda toʻliq 90 daqiqa oʻynadi, „Arsenal“ "Uembli" stadionida „Chelsi“ni 2:1 hisobida magʻlub etdi.
2014-yil 5-noyabrda Sebalos Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirildi va Germaniya, Fransiya hamda Gretsiyaga qarshi oʻyinlarda terma jamoa sharafini himoya qildi. 2015-yilning 26-martida 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi, KartagenadaNorvegiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda Samu Castillejoning oʻrniga maydonga tushdi; toʻrt kundan soʻng, Leonda u Belarus ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda birinchi startini amalga oshirdi.
Seballos 2018-yilning 11-sentyabr kuni UEFA Millatlar Ligasi doirasida Xorvatiya ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda kattalar jamoasidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Mamlakat terma jamoasi libosidagi ilk golini 15-noyabr kuni Zagrebda ayni raqibga qarshi va ayni oʻsha musobaqa doirasidagi 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi.
Karyera statistikasi
2022-yil 10-avgust holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalardagi ishtiroki va gollari