Danny DeVito | |
---|---|
Tavalludi |
Daniel Michael DeVito Jr. 17-noyabr 1944-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktyor, komediant |
Faoliyat yillari | 1969-yildan hozirgi kungacha |
Turmush oʻrtogʻi | Rhea Perlman (2017-yil martda ajrashgan) |
Bolalari | 3 ta |
Daniel Michael DeVito Jr. (1944-yil 17-noyabrda tugʻilgan) – amerikalik aktyor, komediyachi va kinorejissyor. U „Taxi“ (1978—1983) teleserialidagi taksi dispetcheri Loui De Palma roli tufayli mashhurlikka erishgan. bu roʻl unga "Oltin globus" va „Emmi“ mukofotlarini qoʻlga kiritishiga sababchi boʻlgan.
U "Kakku uyasi uzra parvoz" (1975), "Terms of Endearment" (1983), "Romancing the Stone" (1984), "Throw Momma from the Train" (1987), „ Twins“ (1988) filmlaridagi rollari bilan tanilgan.
DeVito Nyu-Jersi shtatining Neptun Township shahri kichik biznes egasi Daniel DeVito Sr va Julia DeVitoning oilasida dunyoga kelgan. U besh kishilik oilada ota-onasi va ikkita opasi bilan katta boʻlgan. U Nyu-Jersi shtatidagi Asberi Parkda katta boʻlgan.
DeVito 1975-yilda „Kakku uyasi uzra parvoz“ filmida Martini rolini oʻynagan va oʻz rolini 1971-yilda xuddi shu nomdagi Brodveydagi spektakldan qayta ijro etgan.
"Taxi" serialidagi vaqti tugaganidan soʻng, DeVito oʻsib borayotgan muvaffaqiyatli kino karerasiga koʻproq kuch bagʻishladi, u 1983-yilda mashhur "Tarms of Endearment" filmida Vernon Dalxart rolini oʻynagan. Michael Douglas va Kathleenn Turner ishtirokidagi ishqiy sarguzashtdagi „Romancing the Stone“ (1984) filmidagi kulgili qaroqchi Ralf rolini ijro etgan.
DeVitoning boʻyi 4 feet 10 inches (1.47 metr) ni tahskil qiladi. Uning past boʻyli koʻp epifiz displazi (Fairbank kasalligi) natijasidir, bu suyak oʻsishiga taʼsir qiluvchi noyob genetik kasallik hisoblanadi.
1971-yil 17-yanvarda DeVito DeVito rolini oʻynagan "The Shrinking Bride" spektaklining bitta spektaklida doʻstini koʻrgani borganida, Rea Perlman bilan uchrashganva ular 1982-yil 28-yanvarda turmush qurishgan. Ularning uchta farzandi bor: Lyusi Chet DeVito (1983-yil 11-martda tugʻilgan), Grace Fan DeVito (1985-yil mart oyida tugʻilgan) va Jacob Daniel DeVito (1987-yil oktyabrda tugʻilgan).