David Neres

Devid Neres Kampos (portugalcha: David Neres Campos) 1997-yil 3-martda San-Pauluda tugʻilgan. Braziliyalik futbolchi, „Benfika“ va Braziliya terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

David Neres Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi David Neres Kampos
Tugʻilgan 3-mart 1997-.yil(25 yosh)
Fuqarolik San-Paulu, Braziliya
Boʻyi 176 sm
Vazni 66 kg
Pozitsiya hujumchi
Klub haqida maʼlumot
Klub Flag Portugalii Benfika
Raqami 7
Yoshlar klubi
2007—2016 Flag Brazilii San-Paulu
Klublardagi faoliyati
2016—2017 Flag Brazilii San-Paulu 8 (3)
2017—2022 Flag Niderlandov Ayaks 121 (37)
2017 Flag Niderlandov Young Ayaks 5 (3)
2022 Flag Ukraini Shaxtyor (Donesk) 0 (0)
2022—h.v. Flag Portugalii Benfika 4 (2)
Terma jamoa safida
2017 Flag Brazilii Braziliya (U 20) 9 (0)
2020 Flag Brazilii Braziliya (U 23) 2 (0)
2019—h.v. Flag Brazilii Braziliya 7 (1)
Xalqaro medallari
Amerika kubogi
Oltin Braziliya 2019

Neres „San-Paulu“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yil 18-oktabrda Fluminense bilan o‘yinda u Braziliya A Seriyasida debyut qilgan. 22-oktabr kuni „Ponte Preta“ga qarshi kechgan duelda Devid „San-Paulu“ uchun birinchi golini urdi.

2017-yil boshida Neres Amsterdamning „Ayaks“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 12 million yevroni tashkil qildi. 26-fevral kuni „Gerakles“ga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qildi va ikkinchi boʻlimda Kasper Dolbergni almashtirgach oʻyinga qoʻshilgan. 2-aprel kuni „Feyenoord“ga qarshi kechgan duelda Devid „Ayaks“ safidagi ilk golini urdi. 2019-yilda Chempionlar ligasining 1/8 bosqichida „Real Madrid“ga qarshi oʻyinda Neres gol urdi.

2022-yilning 15-yanvarida u „Shaxtyor Donetsk“ futbolchisiga aylandi.

2019-20-yilgi mavsumda „Manchester United“ va „Atletico Madrid“ kabi klublar qiziqish bildirayotganiga qaramay, Neres 2019-yilning 7-avgustida „Ayaks“ bilan 2023-yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi. Shartnoma 2022-yilda tugashi kerak boʻlgan, ammo shunga qaramay futbolchi yana bir yil bu klubda oʻynash ishtiyoqini bildirgan.

Mavsum boshida „Ayaks“ Mohamed Darami va Stiven Berguislarni qanot himoyachilari sifatida sotib olgani uchun Neres uchun raqobat kuchayib ketdi, natijada u koʻpincha asosiy tarkibga kiritilmagan.

Xalqaro martaba

2017-yilda Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Chili, Paragvay, Venesuela, Argentina, Urugvay va ikki marta Ekvador va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

Yutuqlari

Ayaks

Braziliya terma jamoasida

  • Amerika kubogi sohibi: 2019-yil

Shaxsiy

Faoliyat statistikasi

2021-yil 23-dekabr holatida:

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa kuboklari Boshqalar Jami
Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol
San-Paulu 2016-yil 8 3 3 0 11 3
Jami 8 3 3 0 11 3
Ayaks 2016/17 8 3 0 0 4 0 12 3
2017/18 32 14 2 0 3 0 37 14
2018/19 29 8 6 1 15 3 50 12
2019/20 12 6 0 0 8 0 20 6
2020/21 25 3 4 2 10 3 39 8
2021/22 15 3 1 0 5 1 1 0 22 4
Jami 121 37 13 3 45 7 1 0 180 47
Young Ayaks 2016/17 4 2 4 2
2017/18 1 1 1 1
Jami 5 3 5 3
umumiy faoliyatida 134 43 16 3 45 7 1 0 196 53

Manbalar

  1. „Флуминенсе VS. Сан-Паулу 1:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 18-oktyabr). 2016-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-dekabr.
  2. „Сан-Паулу VS. Понте-Прета 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 22-oktyabr). 2016-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-dekabr.
  3. „Кто такой Давид Нерес“ (en). bobsoccer.ru (2017-yil 3-fevral). 2017-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-fevral.
  4. „Аякс Амстердам VS. Хераклес 4:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 26-fevral). 2017-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-mart.
  5. „Аякс Амстердам VS. Фейеноорд 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 2-aprel). 2017-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-sentyabr.
  6. „Реал Мадрид VS. Аякс Амстердам 1:4“ (en). soccerway.com (2019-yil 5-mart). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-mart.
  7. „Вингер «Аякса» Давид Нерес перешёл в «Шахтёр».“. shakhtar.com. 2022-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
  8. „Бразилия (до 20) VS. Чили (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 20-yanvar). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  9. „Бразилия (до 20) VS. Парагвай (до 20) 3:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 22-yanvar). 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  10. „Бразилия (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-fevral). 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  11. „Бразилия (до 20) VS. Аргентина (до 20) 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 9-fevral). 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  12. „Уругвай (до 20) VS. Бразилия (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 3-fevral). 2017-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  13. „Эквадор (до 20) VS. Бразилия (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 19-yanvar). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  14. „Эквадор (до 20) VS. Бразилия (до 20) 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 31-yanvar). 2017-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  15. „Колумбия (до 20) VS. Бразилия (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 11-fevral). 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  16. „Колумбия (до 20) VS. Бразилия (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 25-yanvar). 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  17. „Speler van de Maand: David Neres.“ (nl). eredivisie.nl. 2020-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.