Dunyo aholisi

Dunyo aholisi maʼlum bir vaqtda Yerda yashovchi barcha odamlar sonining umumiy yigʻindisidir. 2022-yil noyabr holatiga koʻra, dunyo aholisi taxminan 8 milliard kishidan oshiqdir.

1970-yillarga qadar dunyo aholisi giperbolik tarzda oʻsgandi; 1990-yildan boshlab esa, dunyo aholisining oʻsish surʼatining sekinlashuvi kuzatilmoqda, 1990-yilda oʻsish 87,4 millionni tashkil etgan boʻlsa, 2000-yillardagi oʻrtacha oʻsish 1963-yilga nisbatan qariyb ikki baravar kamaydi.

BMT maʼlumotlariga koʻra, 1994-2014-yillarda 60 yoshdan oshgan odamlar soni ikki baravar koʻpaydi va 2014-yilga kelib dunyoda qariyalar soni besh yoshgacha boʻlgan bolalar sonidan oshib ketdi. CIA World Factbook ning 2020-yil boʻyicha maʼlumotlariga koʻra, Yaponiya dunyodagi barcha mamlakatlar orasida eng yuqori oʻrtacha yoshiga ega — 48,6. 2020-yil holatiga koʻra, Yaponiya aholisining 29,18 foizi 65 yoshdan oshgan.

2009-yilda insoniyat tarixida birinchi marotaba shahar aholisi soni qishloq aholisi soniga tenglashdi va 3,4 milliard kishini tashkil qildi. Kelakakda ham, shahar aholisi dunyo aholisining ortib borayotgan qismini tashkil etishi kutilmoqda (yaʼni, shahar aholisi butun dunyo aholisidan tezroq oʻsishda davom etadi). 2020-yil holatiga koʻra, dunyo aholisining 56,2 % shaharlarda istiqomat qiladi. BMT tadqiqotlariga koʻra 2050-yilda dunyo aholisining 68,6 foizi shaharlarda istiqomat qiladi.

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda dunyo aholisi 7,674 milliard kishini tashkil etdi.

2020-yil koʻrsatkichlari boʻyicha dunyo aholisining 59,5 foizi Osiyoda, 17,2 foizi Afrikada, 9,6 foizi Yevropada, 8,4 foizi Lotin Amerikasida, 4,7 foizi Shimoliy Amerikada, 0,5 foizi Okeaniyada istiqomat qiladi. 2050-yilda, BMT dunyo aholisining 55,8 foizi Osiyoda, 26,3 foizi Afrikada, 8,0 foizi Lotin Amerikasida, 7,5 foizi Evropada, 4,5 foizi Shimoliy Amerikada, 0,6 foizi — Okeaniyada yashaydi deb taxmin qilmoqda.

2014-yilda BMT va Vashington universiteti olimlari 2100-yilga kelib Yer aholisi 11 milliard kishiga yetadi degan xulosa kelishgandi. Vashington universiteti olimlarining keyingi (2020) hisob-kitoblariga koʻra, 2100-yilga kelib dunyo aholisi 8,8 milliard kishini tashkil qiladi.

Aholi soni boʻyicha dunyodagi eng yirik davlat — Xitoy, ikkinchi oʻrinda Hindiston turadi. 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi aholi soni boʻyicha uchinchi oʻrinda turar edi, u parchalanganidan keyin, 2006-yildan keyin 300 milliondan ortiq aholiga ega Amerika Qoʻshma Shtatlari uchinchi oʻrinni egalladi. Indoneziya va Pokiston aholi soni boʻyicha toʻrtinchi va beshinchi oʻrinlarda; Nigeriya, Braziliya, Bangladesh, Rossiya mos ravishda oltinchi, ettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi oʻrinlarni egallagan.

Milliardlar

Ranglar boʻyicha aholi sonining 2019-yilga koʻra holati

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, dunyo aholisi soni yillar kesimida quyidagi qiymatga ega:

  • 1 milliard — 1804;
  • 2 milliard — 1927;
  • 3 milliard — 1960;
  • 4 milliard — 1974;
  • 5 mlrd — 1987-yil 11-iyul;
  • 6 milliard — 1999-yil 12-oktyabr ;
  • 7 milliard — 2011-yil 31-oktyabr ;
  • 8 milliard — 2022-yil 15-noyabr (taxminan).
  • Agar aholi sonining oʻsish dinamikasi keskin oʻzgarishlarga uchramasa, 9 milliard kishilik marrani taxminan 2042-yilga qadar bosib oʻtiladi.

Jamgʻarma baʼzi bolalarni shartli ravishda sayyoramizning 5, 6 yoki 7 milliard aholisi deb eʼlon qilib Shartli Tadbirlar tashkil qilib turadi.


Gollandiyaning matematika va informatika markazining statistik mutaxassisi Piter Grunvaldning taxminiy hisob-kitoblariga koʻra, insoniyatning 162 ming-yillik tarixida Yerda 107 milliarddan ortiq odam tugʻilgan.

Aholi soni boʻyicha dunyodagi eng yirik davlatlar

  1. Hindiston bayrogʻi Hindiston  — 1 423 761 000
  2. Xitoy bayrogʻi Xitoy  — 1 412 600 000
  3. AQSH bayrogʻi AQSh — 333 341 174
  4. Indoneziya bayrogʻi Indoneziya  — 275 773 800
  5. Pokiston bayrogʻi Pokiston  — 229 488 994
  6. Nigeriya bayrogʻi Nigeriya  — 216 746 934
  7. Braziliya bayrogʻi Braziliya — 215 407 834
  8. Bangladesh bayrogʻi Bangladesh — 168 220 000
  9. Rossiya bayrogʻi Rossiya  — 147 190 000
  10. Meksika bayrogʻi Meksika — 128 271 248


Manbalar

  1. „World Population Clock: 7.95 Billion People (2022) - Worldometers“ (en). worldometers.info. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  2. Ekspertniy portal Visshey shkoli ekonomiki
  3. OON: naselenie Zemli dostiglo 7,2 mlrd chelovek (Wayback Machine saytida 2019-12-22 sanasida arxivlangan) // Vesti Ekonomika
  4. „East Asia/Southeast Asia :: Japan — The World Factbook — Central Intelligence Agency“. 2010-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-noyabr.
  5. V 2009 godu chislo gorojan vpervie sravnyalos s chislom selskix jiteley, sostaviv 3,4 milliarda chelovek
  6. „World — The World Factbook — Central Intelligence Agency“. 2016-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
  7. 7,0 7,1 World Population Clock: 7.8 Billion People (2020) — Worldometer
  8. Datatopics.Worldbank.org
  9. Population of Asia (2020) — Worldometer
  10. Population of Africa (2020) — Worldometer
  11. Population of Europe (2020) — Worldometer
  12. Population of Latin America and the Caribbean (2020) — Worldometer
  13. Population of Northern America (2020) — Worldometer
  14. Population of Oceania (2020) — Worldometer
  15. „Население Земли в 2100 году составит 11 миллиардов человек“. Lenta.ru (18 сентября 2014). Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  16. Сергей Коленов. „Населению Земли предрекли сокращение после 2064 года“. Интернет-издание N+1 (2020-yil 16-iyul). Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  17. Максим Макарычев. „Эксперты: В 2100 году на Земле будут проживать 8,8 миллиарда человек“. Интернет-портал «Российской газеты» (2020-yil 15-iyul). Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  18. [„World Population Hits 6 Billion“. 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-sentyabr. World Population Hits 6 Billion]
  19. Population seven billion: UN sets out challenges — BBC News
  20. „Осенью численность населения Земли достигнет 8 млрд человек“ (ru). Forbes.ru. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  21. „В ООН рассказали, когда население Земли достигнет 8 млрд человек“ (ru). РБК. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  22. 22,0 22,1 „Ch. 5: Population Size and Composition“,World Population Prospects, the 2000 Revision. United Nations Population Division — 171 bet. 
  23. „Total fertility estimates, 1950–2010“. UN Population Division (2011-yil 1-aprel). 2012-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-iyun.
  24. „Сколько людей жило на Земле за всю историю“. Новые Известия. 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  25. „Report Population Projection 2019“. Nhm.gov.in. Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.
  26. „人口总量保持增长,增长速度持续放缓“  (Chinese). National Bureau of Statistics of China. Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
  27. „Population Clock“. Census.gov. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-aprel.
  28. „Mid Year Population (Thousand People)“. Badan Pusat Statistik – Indonesia. Qaraldi: 2022-yil 16-mart.
  29. 29,0 29,1 „World Population Prospects 2019“. United Nations.
  30. „IBGE | Projeção da população“. Ibge.gov.br. 2020-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.
  31. „Monthly Statidtical Bulletin – Bangladesh“. 2022-05-12-10-42-55414488d843db66462b5410cb439c22.pdf. Bangladesh Bureau of Statistics (2022-yil fevral). 2022-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  32. Times, The Moscow „Russia Reports 147M Population in 2021“ (en). Moscow Times (2022-yil 30-may). Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  33. „Mexico Population | Moody’s Analytics“. Economy.com. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.