Gazlangan suv (Gazli suv, Sodali suv yoki AQSh da Selzer suvi nomlari bilan nomlanadi) erigan karbonat angidrid gazini oʻz ichiga olgan suvdir. Karbonatsiya kichik pufakchalar paydo boʻlishiga olib keladi va bu esa suvga efervesan sifatini beradi.
Tashqi audiofayllar | |
---|---|
"Fizzy Water", Distillations Podcast Episode 217, Science History Institute |
Suvni karbonat angidirid bilan gazlagana inson sifatida William Brownrigg esga olinadi . Jozef Pristli esa, 1767-yilda Angliyaning Lids shahridagi pivo zavodida pivo idishi ustida bir piyola qoʻyib, karbonat angidrid bilan suv quyish usulini kashf qilganda, shu paytda u tasodifan gazlangan suvni ixtiro qildi. Biroq, faqat 1781-yilda sunʼiy ravishda mineral suv ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil etilishi bilan gazlangan suv keng miqyosda ishlab chiqarila boshlandi.
Gazlangan suvlar tarkibiga qarab oz miqdorda natriy xlorid, natriy sitrat, natriy bikarbonati, kaliy gidrokarbonat, kaliy sitrat, kaliy sulfat va natriy gidrosulfatni oʻz ichiga oladi. Ular tabiiy ravishda mineral suvlarda uchraydi, lekin tabiiy lazzat hosil qilish sunʼiy ravishda qoʻshiladi.
O'z-o'zidan gazlangan suv salomatlikka unchalik ta'sir qilmaydi. AQSh qonunchiligida gazlangan suv, hatto unga mineral qoʻshimchalar va vitaminlar qoʻshilsa ham, uni oziq-ovqat sifatida belgilanadi. Gazlangan suv insultga uchragan odamlarda ich qotishi bilan yordam berishi mumkinligi haqida taxminiy dalillar mavjud.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |