Isis

Isis
Nomi iyerogliflarda

misrcha: ꜣst

Q1X1
H8
B1

meroitik skriptda: Wos yoki Wusa

V4F1M8
Asosiy ibodat Behbeit el-Hagar, Philae
Ramz(lar)i Tyet
Shaxsiy maʼlumotlar
Ota-onasi Geb va Nut
Aka-uka/opa-singillari Osiris, Set, Nefis, Horus
Consort Osiris, Min, Serapis, Horus
Avlodi Horus, Min, Horusning toʻrt oʻgʻli

Isis (misrcha: js.t, qadimgi yunoncha: Ἶσις, lotincha: Isis) Misr mifologiyasida uchraydigan maʼbudadir. U oy maʼbudasi oʻlaroq tanilgandir. Hayot va sehr maʼbudasi sifatida, u ayollar va bolalarni muhofaza qiladi, kasallarga esa shifo bagʻishlaydi. Shuningdek, u Qadimgi Misrning eng buyuk maʼbudalaridan biri hisoblanadi.

Uning ramzlari — anx, qanotlari hamda bosh kiyimi. U hayot, oʻlim va hosildorlik xudosi sanalmish Osirisning singlisi va rafiqasi boʻlgan. Ularning Horus ismli farzandi ham boʻlgan.

Misrda

Terracotta sculpture of a woman with her arm flung across her forehead
Ayol haykali, ehtimol Isis motam holatida (mil. avv. 14–15-asr)

Roli

Osirisning vafoti va tirilishi haqidagi mif sikli ilk marotaba Piramida yozmalarida uchraydi hamda butun Misr miflarining eng mufassal va taʼsirlisiga aylandi. Isis ushbu mifda boshqa bosh qahramonlarga qaraganda ancha faol rol oʻynaydi, shu sababdan u Yangi Qirollikdan (miloddan avvalgi 1550–1070-yillar) to Ellinistik davrgacha (miloddan avvalgi 305–30-yillar) adabiyotlarda rivojlanib, barcha Misr maʼbudalari orasida eng murakkab adabiy qahramonga aylandi. Shu bilan bir qatorda, u boshqa maʼbudalarning oʻziga xos xususiyatlarini oʻzlashtirdi, bu uning taʼsirini Osiris mifi tashqarisida ham kengayishiga xizmat qildi.

Manbalar

  1. Hart 2005, s. 79.
  2. Quack 2018, s. 108.
  3. Rilly & de Vogt 2012, s. 37.
  4. Wilkinson 2003, s. 119.
  5. 5,0 5,1 Vinson 2008, ss. 313–316.

Adabiyotlar

  • Gods and Goddesses of Ancient Egypt by Janeen R, Adil

Havolalar