Istanbul Medipol Universiteti

Istanbul Medipol Universiteti
Asos solingan 2009-yil
Oʻquv yurti turi Vakf Universiteti
Rektori O'mer Ceran
Talabalari 42.894 ta
Kampusi Kavacık, Halich
Vebsayti medipol.edu.tr

Koordinatalari: 41°5′17.000000000002″N 29°5′18.000000000005″E / 41.08805555555555600°N 29.08833333333333471°E / 41.08805555555555600; 29.08833333333333471 G O


Istanbul Medipol universiteti (turkcha: İstanbul Medipol Üniversitesi) Turkiyaning Istanbul viloyatida joylashgan vaqf universitetidir. Universitet 2009-yilda Fahrettin Koca tomanidan asos solingan Turkiya taʼlim, sogʻliqni saqlash va tadqiqot fondi tomonidan tashkil etilgan. 2009-yil 7-iyulda Universitetni tashkil etish toʻgʻrisidagi 27281-sonli qaror Turkiya Rasmiy gazetasida eʼlon qilingan. Universitet 12 ta fakultet, 1 ta kollej, 4 ta institut va 4 ta kasb-hunar maktabidan iborat. 2023-yil holatiga koʻra, universitetda roʻyxatdan oʻtgan 42 894  talaba mavjud. Bakalavriat talabalari soni 27 657 nafar, magistratura bosqichida tahsil olayotganlar soni 1974 nafarni tashkil etadi. Aspirantura talabalari soni 12 759 nafar. Chet ellik talabalar soni 7779 nafarni tashkil etadi. Universitetda 1371 nafar akademik dars beradi va 2538 nafar maʼmuriy xodimlar ishlaydi.

Tarixi

Istanbul Medipol universiteti 2009-yil 7-iyulda Medipolitan Education and Health Foundation (hozirgi Turkiya Taʼlim, Salomatlik va Tadqiqot Jamgʻarmasi) tomonidan tashkil etilgan. Universitetning taʼlim faoliyati Halich va Kavacik kampuslarida olib boriladi. Universitetning huquq fakulteti 2015-yilda Yevropa huquq fakultetlari uyushmasiga aʼzo boʻldi. Bu xalqaro platforma boʻlib, Yevropadagi huquq fakultetlari ishtirokida huquq taʼlimi bilan bogʻliq koʻplab masalalar muhokama qilinadi.

Akademik birliklar

Fakultetlar

  • Stomatologiya fakulteti
  • Farmatsevtika fakulteti
  • Taʼlim fakulteti
  • Tasviriy sanʼat, dizayn va arxitektura fakulteti
  •  Huquq fakulteti
  •  Aloqalar fakulteti
  •  Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti
  •  Biznes va menejment fanlari fakulteti
  •  Muhandislik va tabiiy fanlar fakulteti
  •  Sogʻliqni saqlash fanlari fakulteti
  •  Tibbiyot maktabi
  •  Xalqaro tibbiyot maktabi

Institutlar

  •  Sud ekspertizasi instituti
  •  Fan va texnologiya instituti
  •  Sogʻliqni saqlash fanlari instituti
  •  Sogʻliqni saqlash fanlari va texnologiyalari tadqiqot instituti
  • Ijtimoiy fanlar instituti

Kutubxona

Istanbul Medipol universitetining Kavacık Kuzey, Kavacık Güney, Halich va Bağcılar  kampuslarida kutubxonalar mavjud. 2023-yil holatiga koʻra kutubxonalarda 80 683 ta bosma kitoblar, 96 ta bosma jurnallar, 434 ta tezislar, 721 831 ta elektron kitoblar, 60 435 ta elektron jurnallar, 38 ta maʼlumotlar bazasi va 632 ta DVD toʻplamlari mavjud. Kutubxonada 1950-yilgacha boʻlgan 38 ta kitobdan iborat noyob kolleksiya mavjud.

Xalqaro reytinglar

Istanbul Medipol universiteti 2022 Times Higher Education World University reytingida 1201+ oʻrinni egalladi. Xuddi shu nashr tomonidan tuzilgan yosh universitetlar reytingida +401-oʻrinni egalladi. SCImago Journal Rank tomonidan 2022-yilgi Jahon Universitetlari reytingida 672-oʻrin va Turk Universitetlari reytingida 15-oʻrinni egallagan. QS World University Rankings tomonidan tayyorlangan QS EECA University Rankings 2022 da 351-400 bandida oʻrin olgan.

havolalar

manblar

  1. „Kurumun Genel Tanıtımı | Üniversite Hakkında | AKTS Bilgi Paketi | Medipol Üniversitesi | Medipol Üniversitesi“ (Türkçe). www.medipol.edu.tr. 5-sentyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-may 2021-yil.
  2. „Akademik | Medipol Üniversitesi“. www.medipol.edu.tr. 19-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2023-yil.
  3. „İstatistikler | Medipol Üniversitesi“. www.medipol.edu.tr. 10-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2023-yil.
  4. „General Introduction of the Institution“ (Türkçe). 5-sentyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2021-yil.
  5. „Medipol-Hukuk-Avrupa-Hukuk-Fakulteleri-Birligi-Uyesi-Oldu“ (Türkçe). 15-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2021-yil.
  6. „Sayılarla Kütüphane – Medipol Üniversitesi Kütüphane“ (Türkçe). 26-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-yanvar 2023-yil.
  7. „Kütüphane | Medipol Üniversitesi“. www.medipol.edu.tr. 18-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-yanvr 2023-yil.
  8. „Istanbul Medipol University“ (Ingliz). Times Higher Education (THE). 13-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2021-yil.
  9. „Istanbul Medipol University * Ranking“. www.scimagoir.com. 29-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.
  10. „İstanbul Medipol University“ (Ingliz). Top Universities. Qaraldi: 8-iyul 2022-yil.