Jamiyat 5.0

Jamiyat 5.0 (inglizcha Society 5.0 yoki Super Smart Society) — hayotning barcha jabhalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishga asoslangan jamiyatni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy strategiyasi.

Bunday jamiyat gʻoyasi Yaponiyaning inson kapitalini rivojlantirish milliy strategiyasining bir qismidir. Jamiyat 5.0 strategiyasi Yaponiyaning yaqin kelajakdagi texnologik rivojlanishini bashorat qilishning yangi yondashuvidir. Yaponiya innovatsion rivojlanish prognozlarining birinchi tahlili (2000-yilgacha boʻlgan davrda) 1971-yilda nashr etilgan. Gorizonti 2050-yilgacha kengaytirilgan joriy 10-prognoz esa 2015-yil mart oyida taqdim etilgan.

„Jamiyat 5.0“ konsepsiyasining yaratilishi Yaponiyaning uzoq muddatli rivojlanish, jahon iqtisodiyotida yetakchi mavqeini saqlab qolish yoki egallash yuzasidan o‘z tashabbuslarini ilgari surish bo‘yicha boshqa davlatlarning strategiyalariga javobi bo‘ldi. Masalan, Germaniyaning High-Tech Strategy 2025 strategiyasi mohiyati eng yangi texnologiyalardan, jumladan, ishlab chiqarish sanoatida IoTdan foydalanishdan iborat; AQSH sanoat Interneti strategiyasi esa axborot jarayonlarini ishlab chiqarish bilan birlashtirgan keng qamrovli yechimni yaratishni oʻz ichiga oladi.

Strategiyaning mohiyati

"Jamiyat 5.0" strategiyasi Yaponiya hukumati tomonidan 2016-yilda mamlakatdagi yirik biznes federatsiyasi Keidanrenning faol ishtirokida qabul qilingan. Keidanren strategiyani ishlab chiqa turib, „Jamiyat 5.0“ yangi ijtimoiy ishlab chiqarish usulini anglatadi, deb hisoblashini qayt etadi:

„Jamiyat 5.0“ strategiyasining paydo boʻlishi Yaponiya, jahon iqtisodiyoti va umuman jamiyatning barqaror rivojlanishini cheklovchi masalalarni hal qilish bilan bogʻliq: mehnatga layoqatli aholi sonining kamayishi, jamiyatning qarishi, ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichlarining tushishi, global raqobatbardoshlik darajasining pasayishi, eskirgan infratuzilma, tabiiy ofatlar, terrorizm, ekologik muammolar, tabiiy resurslarning yetishmasligi, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokining yetarli emasligi shular jumlasidandir.

Barqaror iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy muammolarni hal qilish kabi ikki turlicha maqsadga bir vaqtning oʻzida erishish hozirgi ijtimoiy tizimda qiyin boʻlib qolyapti. Biroq, Yaponiya hukumatiga koʻra, buyumlar interneti (IoT), robototexnika, sunʼiy intellekt va "katta maʼlumotlar" (big data) kabi yangi texnologiyalarning rivojlanishi jamiyat hayoti rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin. „Jamiyat 5.0“da ushbu texnologiyalar barcha sohalarda: ijtimoiy va iqtisodiy jabhalarda oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun birlashtirilgan. Kompyuterlashtirish asosan ishlab chiqarish va biznes bilan bogʻliq hisoblangan toʻrtinchi sanoat inqilobidan keyingi bosqich sifatida „Jamiyat 5.0“ konsepsiyasi raqamli texnologiyalardan jamiyatning barcha sohalarida chuqurroq va kengroq foydalanishni taklif qiladi.

Strategiyaning asosiy gʻoyasi raqamli muhit va jismoniy makonni integratsiyalash orqali ijtimoiy muammolarni hal qilish, buning natijasida inson hayoti sifatini yaxshilashdir. Bunday jamiyatdagi innovatsiyalar qulay va xavfsiz boʻlib, ular odamlarning hayotini osonlashtiradi va maroqli qiladi. „Jamiyat 5.0“ strategiyasi mohiyatiga ko‘ra, ilg‘or texnologiyalar hayotning barcha jabhalariga kirib borgan holda biznesning yangi shakllari va turlarining paydo bo‘lishiga, bu esa butun mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi va sifat ko‘rsatkichlarining ortishi, har bir insonning individual hayot sifatlarining yaxshilanishga olib kelishi kerak.

„Jamiyat 5.0“ quyidagi dasturlarni amalga oshirish orqali mamlakat oʻsishi, Yaponiya iqtisodiyoti va umuman jamiyatning oʻzaro bogʻlangan va muvofiqlashtirilgan uygʻun rivojlanishining yangi modeliga aylanishi kutilmoqda:

  • toʻrtinchi sanoat inqilobi orqali amalga oshiriladigan sanoatning sifatli rivojlanishi;
  • tugʻilishning pasayishi, aholining qarishi, jamiyatda samarali ishtirok etish uchun faol uzoq umr koʻrish kabi ijtimoiy va tegishli muammolarni hal qilish;
  • zarur inson ishtirokini qisqartirgan holda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, organik dehqonchilik va chorvachilikni avtomatlashtirishni rivojlantirish;
  • energiyani oqilona rivojlantirish;
  • ekologik muammolar bilan bogʻliq masalalarni hal qilish;

Jamiyat 5.0 gʻoyasini amalga oshirish uchun Keidanren davlat, mahalliy hukumatlar, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va venchur kapital firmalarini oʻz ichiga olgan keng doiradagi hamkorlar bilan ishlab kelmoqda. Bunday hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vaziyat bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish va keyinchalik o‘zgarishlarning aniq dasturini yaratish va roʻyobga chiqarish, shuningdek, sarmoyalarni jalb etishdan iborat.

Vazifalar

  1. Kelajakdagi yangi ijtimoiy muammolarni bashorat qilish.
  2. Raqamli ishlab chiqarish va prognozlash usullari orqali sanoatning raqobatbardoshligini oshirish va odamlar hayotini yaxshilash.
  3. Ham davlat va xususiy sektor, ham xususiy kompaniyalar oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni taʼminlash.
  4. Mamlakat va jamiyatning ijtimoiy tuzilishini yaxshilash uchun kompaniyalar va davlat sektorining tadqiqotlari va ishlanmalari qoliplaridan tashqariga chiqish.
  5. Jamiyat 5.0ning rivojlanish yoʻnalishi va infratuzilmasi uchun asos yaratish.
  6. Mamlakat va jamiyat uchun muhim boʻlgan quyidagi toifalarni diqqat markazida boʻlgan sohalar sifatida tanlash: shahar va qishloq joylari, tovarlar va xizmatlar, infratuzilma va kibermakon.

Axborot jamiyati ilgari tarmoq orqali maʼlumot toʻplashni va shaxs tomonidan toʻplangan maʼlumotlarni keyingi tahlil qilish jarayonini ama;ga oshirishni oʻz zimmasiga olgan. Biroq Society 5.0 da odamlar, narsalar va tizimlar kiberfazoda oʻzaro bogʻlangan va sunʼiy intellekt yordamida olingan natijalar insonning imkoniyatlaridan oshib, jismoniy makonga „qaytadi“. Jamiyat 5.0 mintaqaviy, yosh, jins va til to‘siqlarini bartaraf etishga qaratilgan. Eng muhim maqsadlardan biri ijtimoiy muammolarni hal qilish bilan parallell ravishda yuzaga keladigan iqtisodiy rivojlanishdir. Ayni paytda rivojlanish strategiyasi 2030-yilgacha moʻljallangan.

Jamiyatning 5.0 ning asosiy xususiyatlari

Society 5.0 va Society 4.0 oʻrtasidagi farqlar

  • Kiberfazo va jismoniy makon oʻrtasidagi yaqinlashuvning yuqori darajasi.
  • Mintaqasi, yoshi, jinsi, tili yoki boshqa cheklovlardan qatʼi nazar, aholining joriy va potensial ehtiyojlarini qondira oladigan tovarlar va xizmatlar koʻrsatish.
  • Barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va ijtimoiy muammolarni hal qilish.
  • Yangi jamiyatning asosiy maqsadi inson hayotini imkon qadar qulay, sifatli va xavfsiz qilishdir.
Jamiyat 4.0 Jamiyat 5.0
  • Shaxsiy optimallashtirish (AKTdan foydalanish orqali)


  • Kibermakon va jismoniy makon integratsiyasi orqali jamiyatni optimallashtirish
  • Tabiiy resurslardan samarali foydalanish
  • Yangi resurslardan foydalanish (maʼlumotlar)
  • Individual muammolarga yechim topish
  • Ayrim tarmoqlar samaradorligini oshirish
  • Murakkab ijtimoiy muammolarni hal qilish
  • Jamiyat farovonligini taʼminlash

Texnologiya

Avtonom transport

Avtomatlashtirilgan boshqaruv g‘oyasi shundan iboratki, raqamli texnologiya tufayli avtomobil o‘zini o‘zi boshqaradi. Uchuvchisiz transport vositalarini yaratish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. 2015-yilda Britaniyaning Delphi Automotive kompaniyasiga tegishli uchuvchisiz avtomobili San-Fransiskodan Nyu-Yorkgacha boʻlgan masofani 9 kunda muvaffaqiyatli bosib oʻtdi.

2016-yilda Moskvadagi Koltsevaya metro liniyasida avtopilotdagi birinchi poyezd harakatlana boshladi. 2017-yilning kuzida 45-Tokio avtosalonida Mitsubishi Electric avtomobilning oʻz sensorlari va tarmoq maʼlumotlaridan olingan axborotlarga asoslangan avtonom haydash texnologiyasidagi kompaniya yutuqlarini namoyish etgan xAUTO avtomobilini taqdim etdi.

Avtomatlashtirlgan poyezdlar Parij, Kopengagen, Dubay, Madrid, Atlanta, Karakas metrolarida ham ishlaydi. 2017-yilda Apple avtonom haydash texnologiyalari ishlanmalari, jumladan, obyektni identifikatsiyalash uchun kameralar, bir vaqtning oʻzida mahalliylashtirish va xaritalash uchun qurilmalar, sensorlar yordamida batafsil 3D xaritalar yaratish va favqulodda vaziyatlarda qaror qabul qilish mexanizmini taqdim qildi. Uber Pitsburgdagi yoʻllarda oʻzi boshqaradigan taksilarni ishga tushirdi.

Xususiy sensorga asoslangan boshqaruv texnologiyasining mohiyati tashqi muhitni keng burchakli old millimetrli toʻlqinli radar, old kuzatuv kamerasi va orqa yon radar yordamida kuzatishdan iborat.

Shuningdek, u Kvazi-Zenit sunʼiy yoʻldosh tizimi (QZSS) tomonidan uzatiladigan yuqori aniqlikka ega 3D xaritalar va CLAS (santimetrli darajadagi differentsial tuzatish tizimi) signallaridan foydalanadi. Shunday qilib, bu sensorlardan olingan maʼlumotlar tarmoq maʼlumotlari bilan birgalikda qayta ishlanadi, bu esa avtonom boshqaruvni xavfsizroq va qulayroq qiladi.

"Aqlli ishlab chiqarish"

"Aqlli ishlab chiqarish" — ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tarmoqli axborot texnologiyalari va kiber-fizik tizimlardan kompleks intensiv foydalanish. Bunday ishlab chiqarish yaxshi mehnat sharoitlariga erishish, unumdorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va natijada mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish imkonini yaratadi.

Shu turdagi texnologiyalardan foydalanishga misol qilib ultratovush yordamida tortlarni aniq kesishga qodir boʻlgan Newtech kompaniyasining RF13 robotini keltirish mumkin.

Ilgʻor texnologiyalardan foydalanishga tizimli yondashishning yana bir misoli 2003-yilda Mitsubishi Electric tomonidan ishlab chiqilgan e-F@ctory platformasidir. Rossiyada bu loyiha 2007-yilda taqdim etilgan. Platforma sensorlar yordamida ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida axborot oqimlarini to‘plash imkonini beradi. Yigʻilgan maʼlumotlar miqdori Edge Computing texnologiyasi yordamida tahlil qilinadi. Butun tahlil ichidan faqat keyingi boshqaruv qarorini qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar ERP tizimiga uzatiladi.

Oflayn moliya

Oflayn moliyalashtirishga misol sifatida Google Pay va Apple Pay kabi tizimlarni keltirish mumkin. Ular sizga savdo nuqtalarida kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Karta egasining maʼlumotlari tokenizatsiya texnologiyasidan foydalangan holda shifrlangan boʻladi.

Kelgusida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida to‘lov jarayonini soddalashtirish maqsadida avtomobillarda kontaktsiz to‘lov tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Avtomobil egasining bank hisobidagi maʼlumotlar yoqilgʻi quyish shoxobchalarida oʻrnatilgan sensorli datchiklar yordamida oʻqiladi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalari ustida ishlash

"Jamiyat 5.0" strategiyasi quyosh kabi qayta tiklanadigan manbalardan energiya toʻplaydigan qurilmalarni yaratishni ham oʻz ichiga oladi.

"Besh devor"

Yangi jamiyatga oʻtish uchun bir qator muammolarni bartaraf etish kerak. Yaponiyaning „Jamiyat 5.0“ strategiyasida bu muammolar „devorlar“ deb nomlanadi.

Vazirlik va idoralar devori

Davlatning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi va strategiyani amalga oshirish, byurokratiya darajasini pasaytirish. Aniq milliy strategiya va yangi hokimiyatlar tashkil etilgunga qadar davlat tomonidan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zarur.

Qonunchilik tizimi devori

Amaldagi qonunchilik taraqqiyotga toʻsqinlik qilishi mumkin. Masalan, Uber yoki Airbnb misolida olib qaraganda texnologiya, bir tomondan, odamlarga toʻgʻridan-toʻgʻri pul ishlash imkoniyatini beradi. Boshqa tomondan esa qonun ularga buni taqiqlashi mumkin.

Texnologiya devori

Bilimlar bazasini shakllantirish zarur, buning natijasida yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish keng aholi uchun ochiq boʻladi.

Inson resurslari devori

Aholi bilim, ko‘nikma va malaka jihatidan hayotning turli sohalarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishga tayyor bo‘lishi kerak. Bu muammoni hal qilish uchun taʼlimni isloh qilish va axborot savodxonligini oshirish zarur.

Ijtimoiy qabul devori

Yangi tip konsepsiyasiga oʻtish uchun jamoatchilik ongini oʻzgartirish zarur. Aholi ushbu konsepsiyani qabul qilishi va uning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlashi kerak.

Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga qo‘shgan hissasi

Barqaror rivojlanish maqsadlari yoki Sustainable Development Goals (SDG) — xalqaro hamkorlik maqsadlari toʻplami. Ushbu loyiha, shuningdek, „Dunyomizni oʻzgartirish: Barqaror rivojlanish uchun 2030 kun tartibi“ deb nomlanadi. Bu cheklangan resurslar va ekologik toza — tabiat, energiya va moddiy tejamkor texnologiyalardan optimal foydalanishga, ijtimoiy va madaniy tizimlarning barqarorligini saqlashga, biologik va jismoniy tabiiy tizimlarning yaxlitligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

„Jamiyat 5.0“ strategiyasining qoidalari va g‘oyalari SDGga erishish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Ular orasida:

  • suv sifati, o‘rmonlar, tuproq degradatsiyasi, biologik xilma-xillikni kuzatish va nazorat qilish uchun masofadan zondlash va okeanografik maʼlumotlardan foydalanish va boshqalar;
  • iqlim oʻzgarishini boshqarish uchun yuqori samarali hisoblash (HPC) usullaridan foydalanish;
  • qulaylik, xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlik mos keladigan „aqlli shaharlar“ni yaratish;
  • global innovatsion ekotizimlarni yaratish;
  • aqlli qishloq xoʻjaligi orqali oziq-ovqat ishlab chiqarish, aqlli oziq-ovqat texnologiyalari orqali takomillashtirilgan dietalar;
  • yuqumli kasalliklarning oldini olish tizimini ishlab chiqish;
  • zamonaviy elektron taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda taʼlim berish;
  • ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, shu jumladan, axborot texnologiyalari sohasida taʼlim olish va biznes yuritish sohalarida.

Eslatmalar

  1. „Краткий обзор опыта прогнозирования научно-технического прогресса“. Научно-исследовательский центр индустриальных проблем развития НАН Украины. 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
  2. „Денисов Ю.Д. Анализ японских прогнозов инновационного развития 1971-2014 гг.“. japanstudies.ru. 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  3. „Денисов Ю. Д. «Японский путь научно-технического развития»“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  4. „KEIDANREN (Japan Business Federation)“. keidanren.or.jp. 2018-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Society 5.0. What is Society 5.0?“. Cabinet Office, Government Of Japan. 2018-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  6. „Realizing Society 5.0“. keidanren.or.jp. 2020-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  7. „Японский вариант цифровой экономики в России“. ng.ru. 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  8. „CeBit-2017 :европейцы знакомятся с "обществом 5.0"“. euronews.com. 2018-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  9. 9,0 9,1 „На "Иннопроме" рассказали, что такое Общество 5.0“. rg.ru. 2019-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 „«Общество 5.0»: как мы будем жить в будущем“. naked-science.ru. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  11. „Super Society 5.0: национальная научно-технологическая стратегия Японии“. json.tv. 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  12. 12,0 12,1 „Стратегия «Общество 5.0»“. iz.ru. 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  13. „Chairman Sakakibara's Statements and Comments at His Press Conference Following the Keidanren Summer Forum“. keidanren.or.jp. 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  14. 14,0 14,1 „Кибер – тех. Общество 5.0 и роль человека“. radio.mediametrics.ru. 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  15. „Выставка «Иннопром-2017 в Екатеринбурге показала, что требуется России, чтобы уже в ближайшие несколько лет стать цифровой державой“. computerworld.ru. 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  16. „Comprehensive Strategy on Science, Technology and Innovation (STI) for 2017 . Cabinet Office, Government Of Japan. 2018-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  17. „Общество 5.0 – японский подход к цифровизации экономического роста“. mitsubishielectric.ru. 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  18. „Report on The 5th Science and Technology Basic Plan, Council for Science, Technology and Innovation, Cabinet Office, Government of Japan (December 18, 2015)“. 8.cao.go.jp. 2018-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  19. „Беспилотный автомобиль успешно пересек Америку“. vesti.ru. 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  20. „Подземка на автопилоте: как работают новые поезда в метро“. m24.ru. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  21. 21,0 21,1 „Mitsubishi Electric проводит полевые испытания экспериментального автомобиля xAUTO с системой автономного вождения“. mitsubishielectric.ru. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  22. „Как управляют поездами без машиниста“. gazeta.ru. 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  23. „Apple рассказала о разработке технологий автономного вождения“. popmech.ru. 2017-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  24. „Uber запустил первые беспилотные такси в США“. rbc.ru. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  25. „Умное производство“. iot.ru. 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  26. „Как интернет привел промышленность к революции?“. gazeta.ru. 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  27. „Newtech partners with Mitsubishi Electric on its ultrasonic cutting machine for cake“. bakeryandsnacks.com. 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  28. „Mitsubishi Electric представила платформу для управления данными на предприятиях России“. tass.ru. 2018-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  29. „Токенизация: как это работает?“. psm7.com. 2018-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  30. „From Industry 4.0 to Society 5.0: the big societal transformation plan of Japan“. i-scoop.eu. 2018-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  31. „Society 5.0 for SDGs“. keidanren.or.jp. 2018-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.