Jean-Baptiste Lully

LYULLI (Lully) Jan Batist (aslida Jovanni Battista Lulli; 1632. 28.11, Florensiya —1687.23.3, Parij) — fransuz kompozitori, musiqiy klassitsizm uslubining yirik namoyandasi. 14 yoshidan Parijda yashab, musiqadan saboq olgan. 1653-yildan Lyudovik XIV saroyida kompozitor, 1672-yildan Parijdagi "Qirol musiqa akademiyasi" (keyinchalik "Grand opera" teatri)ning rahbari. L. "lirik tragediya" janrini yaratib, milliy opera hamda "fransuz uvertyurasi"ga asos solgan. Asarlari musiqiy mavzular yorqinligi va ifodaviyligi, kompozitsion mukammalligi, garmoniya va ritmik vositalarining ravshanligi, koʻtarinki ruhda yaratilgan vokal kuylarning maʼnodorligi bilan ajralib turadi. Antik mavzularga asoslangan opera ("Kadm va Germioka", "Alsesta", "Tezey", "Persey", Armida" va boshqa, 1673 — 86), operabaletlar ("Sevgining gʻalabasi", 1681; "Tinchlik dargohi", 1685 va boshqalar), divertisment, cholgʻu kuy, ariya, qoʻshiqlar, liniy musiqa asarlari muallifi.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil