Jutsu (Naruto)

Jutsu (yaponcha: jutsu), Naruto anime ve manga seriyalaridagi oddiy odamlar qo'llay olmaydigan, faqat ninzalar qo'llay oladigan jang texnikalariga berilgan termin. Jutsular asosan turli uslublar bilan chakra qo'llash orqali ishlatiladi, bulardan eng ko'p qo'llaniladigani qo'l muhrlaridir. Qo'l muhrlari Xitoy taqvimidagi o'n ikki hayvon ramzlari tasvirini qo'l harakatlari orqali aks ettiruvchi ishoratlar kombinatsiyasidir.

Jutsu turlari

Asosiy jutsular

  • Ninjutsu
  • Genjutsu
  • Tayjutsu

Oraliq jutsular

  • Juinjutsu
  • Fuuinjutsu
  • Doujutsu
  • Baryer Ninjutsu
  • Bukijutsu
  • Bunshinjutsu
  • Chakra Kyuuin Jutsu
  • Chakra Nagashi
  • Renkei Ninjutsu
  • Hiden
  • Kekkey Moura
  • Kenjutsu
  • Kinjutsu
  • Iryou (tibbiy) Ninjutsu
  • Ninshuu
  • Nintaijutsu
  • Tensei Ninjutsu
  • Senjutsu
  • Shurikenjutsu
  • Jikūukan Ninjutsu
  • Kekkey Genkay
  • Kekkei Touta

Ninjutsu

Qo'l muhrlari va chakra turlari orqali amalga oshiriladigan texnikalar. Masalan, Uchiha sulolasi Katon (yong'in) texnikasida ustalashgan. Katon singari suiton, fuuton, douton, raiton (suv elementi, shamol elementi, tuproq elementi, elektr elementi...) kabi elementlar bilan turli ninjutsularni amalga oshirish mumkin. Ninjutsular qo'l muhrlari bilan birgalikda qilinadi. Masalan, qoplon, sigir, quyon, maymun, ilon va boshqalar.

Genjutsu

Illyuziya texnikalariga berilgan nom. Ushbu texnikalarni qo'l muhrlari bilan ham amalga oshirish mumkin. Bu jutsu orqali raqibni chalg'itish maqsadida turli illyuziyalar yaratish mumkin. Illyuziyalar jonli yoki jonsiz mavjudotlardan iborat bo'lishi mumkin. Bu texnikani chakra elementlari bilan kuchaytirish mumkin. Bunga misol qilib, ninjalarning o'z nusxalarini yaratishi (illyuziya orqali, bu usul Bunshin deb ataladi) yoki Itachi Uchihaning Tsukiyomisini keltirish mumkin.

Tayjutsu

Jang turiga kiradi. Tepish, musht bilan urish va boshqa texnikalar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu kurash uslubida g'alab qozonish uchun kuch, qobiliyat va tezlik muhim rol o'ynaydi. Taijutsu uchun qo'l muhrlari ishlatilmaydi, ammo bu usul bilan jang qilish nihoyatda qiyin.

Eslatma: Naruto animesida insonlar tanasida 8 darvoza mavjud. Juda kuchli texnika bo'lgan Ura Renge (2 nilufar)ni bajarish uchun ushbu 8 darvoza ochilishi kerak bo'ladi.Ushbu 8 darvozalarning nomlari quyidagicha:

1-darvoza: Ochilish Darvozasi

2.-darvoza: Shifo Darvozasi

3.-darvoza: Hayot Darvozasi

4.-darvoza: Shikast Darvozasi

5.-darvoza: Limit Darvozasi

6-darvoza: Ko'rish Darvozasi

7-darvoza: Ajoyibotlar Darvozasi

8.-darvoza: O'lim Darvozasi

8 darvozani ocha olgan kishi qisqa muddatda Hokagedan ham kuchliroq odamga aylanadi, ammo bu o'sha kishining o'limiga sabab bo'ladi. (Bu haqida animedagi chuunin imtihonida Kakashi aytib o'tgan)

Kekkey Genkay (Qon limiti) (Qon limiti)" class="mw-editsection-visualeditor">tahrir | manbasini tahrirlash]

Gen orqali o'tadigan maxsus jutsular. Shu tufayli faqatgina ba'zi sulola va oilalarda uchraydi.

Misollar:

Hakuning Muz oynalari, Sasuke Uchihaning Sharingani faqat Uchiha sulolasi a'zolarida, Neji Hyuuganing Byakugani esa faqatgina Hyuuga sulolasi a'zolarida uchraydi.

Doujutsu

Ko'z jutsulariga berilgan nom. Masalan, Byakugan, Sharingan, Rinnegan va b.q. Qo'l muhrlarisiz, faqatgina ko'z bilan bajariladigan texnikalar doujutsu deb ataladi.

Doujutsuni Sharingan bilan nusxalab bo'lmaydi.

  1. „Kekkey Genkay“ (2022-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 13-dekabr.
  2. „Kekkei Genkay“. Qaraldi: 2022-yil 13-dekabr.