Kanggye

Kanggye

kor. 강계?, 江界?
Munitsipal shahar
Skyline of Kanggye
40°58′0″N 126°36′0″E / 40.96667°N 126.60000°E / 40.96667; 126.60000 G OKoordinatalari: 40°58′0″N 126°36′0″E / 40.96667°N 126.60000°E / 40.96667; 126.60000 G O
Mamlakat Shimoliy Koreya
Rasmiy til(lar)i koreys
Aholisi
 (2008)
251 971
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi +850 67хххххх
Kanggye xaritada
Kanggye
Kanggye

Kanggye (Koreyscha talaffuzi : ) Shimoliy Koreyaning Chagang viloyati markazi, aholisi 251 971 kishini tashkil qiladi.

Tarixi

1949-yil dekabr oyida Kanggye-myondan Kanggye-si mavqeiga yuksaldi. Koreya urushi vaqtida Kim Il Sung va uning hukumati dastlab, Pxenyandan haydab chiqarilgandan soʻng, poytaxtni vaqtinchalik Kanggye shahriga koʻchirgan. 1950-yil noyabr oyida Xitoy xalq ozodlik armiyasi hujumi vaqtida amerikalik general Duglas MakArtur buyrugʻi bilan shahar yoqib yuborilib, shaharning 65%i vayronaga aylangan. Keyingi oy Kim Kanggye shahrida bo'lib o'tgan vazirlar mahkamasi plenumiga raislik qilib,u yerda urushning harbiy muvaffaqiyatsizliklar sababchisi deb topilgan.

Kanggye muhiti

Ishchilar partiyasi bosh kotibi Kim Chen Ir 1998-yil yanvar oyida Shimoliy Koreyadagi ocharchilik davridagi Kanggye va uning atrofidagi obyektlarini koʻzdan kechirgan. Qiyinchiliklarga qaramay, xalqning kichik elektr stansiyalarini qurish va zavodlarni takomillashtirishdagi muvaffaqiyatidan hayratda qolgan Kim Chen Ir boshqa provinsiyalarni ham Kanggyedan oʻrnak olishi kerakligini aytgan.

Geografiyasi

Kanggye oʻz nomini “daryo tutashuvi” shahar boʻylab oqib oʻtuvchi Changja daryosi va uning ikkita irmogʻining kelib chiqishidan olgan. Shahar tekislikda joylashgan,tog'lar bilan o'ralgan. Asosiy tog' tizmalari - Nangnim va Gangnamdir.

Iqlimi

Kanggye nam kontinental iqlimga egadir.

Kanggye (1991–2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C −4,9 0,2 7,5 16,4 23,2 27,5 29,4 28,7 24,1 16,5 5,8 −3,2 14,3
Oʻrtacha harorat, °C −12,6 −7,4 0,8 2,7 9,4 15,1 19,4 18,5 11,3 2,9 −4,9 −14,8 1,9
Oʻrtacha minimal, °C −18,4 −13,8 −4,9 2,7 9,4 15,1 19,4 18,5 11,3 2,9 −4,9 −14,8 1,9
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 10,1 11,9 21,1 41,8 74,4 113,3 206,9 168,1 73,0 44,5 31,8 15,6 812,5
Yomgʻir, mm 78,3 73,6 6,7 65,3 68,4 74,7 79,2 80,3 77,3 73,8 5,9 78,6 74,6

Ma'muriy bo'linmalari

Kanggye 34 ta tong (mahalla) va ikkita ri (qishloqlar) ga bo'lingan:

  • Changja-dong 장자동(將子洞)
  • Ch'ungsŏng-dong 충성동(忠誠洞)
  • Hyangro-dong 향로동(香爐洞)
  • Hŭngju-dong 흥주동(興洲洞)
  • Kangsŏ-dong 강서동(江西洞)
  • Koyŏng 1-dong 고영1동(古營一洞)
  • Koyŏng 2-dong 고영2동(古營二洞)
  • Konggwi-dong 공귀동(公貴洞)
  • Kong'in-dong 공인동(公仁洞)
  • Mansu-dong 만수동(萬壽洞)
  • Nammun-dong 남문동(南門洞)
  • Namsan-dong 남산동(南山洞)
  • Ryu-dong 류동(柳洞)
  • Sinmun-dong 신문동(新門洞)
  • Sŏsan-dong 서산동(西山洞)
  • Sŏkcho-dong 석조동(石造洞)
  • Sŏkhyŏn-dong 석현동(石峴洞)
  • Such'im-dong 수침동(水砧洞)
  • Taeŭng-dong 대응동(大應洞)
  • Tŏksan-dong 독산동(獨山洞)
  • Tongbu-dong 동부동(東部洞)
  • Tongmun-dong 동문동(東門洞)
  • Ŭijin-dong 의진동(義眞洞)
  • Ŭnjŏng-dong 은정동(恩情洞)
  • Oeryong-dong 외룡동(外龍洞)
  • Puch'ang-dong 부창동(府倉洞)
  • Pukmun-dong 북문동(北門洞)
  • Rodongja-dong 로동자동(勞動者洞)
  • Yŏnp'ung-dong 연풍동(淵豊洞)
  • Yŏnsŏk-dong 연석동(煙石洞)
  • Sinhŭng-ri 신흥리(新興里)
  • Tuhŭng-ri 두흥리(斗興里)
  • Yahak-tong 야학동(野鶴洞)
  • Yŏnju-dong 연주동(煙州洞)
  • Namch'ŏn-dong 남천동(南川洞)
  • Naeryong-dong 내룡동(內龍洞)

Transporti

Kanggye - boshqa shaharlar bilan avtomobil, temir yo'l va havo yoʻllari orqali bog'langan shahardir. U Kanggye va Manp'o chizigʻlarining tutashgan joyida joylashgan. Shahar poyezdlari Kanggye va Ssangbangdong stantsiyalari orasidagi Manpo liniyasida harakatlanadi. Bundan tashqari,avtomobil yo'llari uni Pxenyan va boshqa joylar bilan bog'laydi,Chagang provinsiyasining yo'l tarmog'i esa shahar markazida joylashgan. Shahar harbiy va fuqarolik stansiyalari yaqinida joylashgan.

Kanggye 1992-yil 17-aprelda ochilgan trolleybus (danggangyeon) tizimiga ega boʻlib, Changja-dongdan Kong'in-donggacha, Changja va Puchon daryolari qirgʻogʻidan 12 km uzunlikda joylashgan liniyaga ega. 2009-yilgacha 6 ta toʻliq uzunlikdagi va 2 ta oʻrtacha uzunlikdagi trolleybuslarga ega bo'lgan. 2010-yillarga kelib 5 ta toʻliq uzunlikdagi va 1 ta oʻrtacha uzunlikdagi trolleybuslar qolgan.

Radio liniyalari

"Kanggye Broadcasting (koreyscha: ganggangdeee)" deb nomlangan mahalliy radiostansiya 1947-yilda Shimoliy Pyongan viloyati uchun mahalliy radioeshittirish stansiyasi sifatida tashkil etilgan bo'lib, keyinchalik u 1949-yilda Chagang viloyati uchun mahalliy radioeshittirish stantsiyasiga aylangan. Stansiya Chagang viloyati radioeshittirish qoʻmitasi tomonidan boshqariladi. U mafkuraviy tarbiya yoki mahalliy ob-havo maʼlumotlari kabi mavzularni qamrab oluvchi dasturlarni eshittiradi.

Madaniyati

Shaharda Kanggye ta'lim , Kanggye texnologiyalar va Kanggye tibbiyot universitetlari joylashgan.Turistik diqqatga sazovor joylarga Inphung Pavilion va Ryonhva tog'i kiradi. Shaharning tog'li tabiatini sayohatchilarga ko'rsatish uchun diqqatga sazovor joylar ishlab chiqilgan.Shaharda 50 dan ortiq turli tibbiyot markazlari, jumladan, og'iz bo'shlig'i kasalliklarini davolovchi shifoxonalar va tug'ruqxonalar mavjud.

Iqtisodiyoti

1945-yildan boshlab shaharda ishlab chiqarish sanoati jadal rivojlandi.

Kanggyeda togʻ-kon sanoati mavjud bo'lib,mis, rux rudalari, koʻmir va grafit ishlab chiqarish zavodlari mavjud.

Kanggyeda Chagang provinsiyasi va Shimoliy Koreyadagi asosiy yog'ochni qayta ishlash zavodlaridan biri joylashgan. Shaharda qurilish, elektrotexnika va yengil mashinalar ishlab chiqarish bilan bir qatorda turli yengil sanoat tarmoqlari mavjud.Shaharda ishlab chiqarilayotgan va eksport qilinadigan qalamlar “milliy ahamiyatga ega. Shuningdek shaharda dehqonchilik, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari yetishtiriladi.


Elektr energiyasi sanoati

Shahar bir nechta daryolar yaqinida joylashganligi sababli koʻplab GESlarga ega. Ular orasidan birinchi GES Kanggye shahridan 3,5 km shimolda joylashgan bo'lib,u Hungju yoshlar elektr stansiyasi №1 deb ataladi. Shuningdek, Pukchon daryosida bir qator to'rtta kichik gidroelektrostantsiyalar ham mavjud.

Kanggye yog'ochni qayta ishlash zavodi

Kanggye yog'ochni qayta ishlash zavodi- Kanggye shahrida joylashgan kichik zavod. Faoliyat boshida u qo'l mehnati evaziga faqat ikki turdagi mebellar (ovqatlanish stollari va sterillangan tayoqchalar) ishlab chiqargan. Vaqt o'tishi bilan u har tomonlama modernizatsiya qilingan mebel ishlab chiqaruvchi zavodga aylanib, ishlab chiqarishda yuzlab,o'nlab zamonaviy jihozlar orqali yog'och buyumlar ishlab chiqargan.

Amaldagi mashinalar orasida uch va to'rt avtomatik robotlar, silliqlash mashinalari, birlashtiruvchi mashinalar va arralar mavjud.

Ayni paytda, zavod yog'ochga ishlov berish jarayonining muhim qismi bo'lgan quritish ishini modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqishga harakat qilmoqda. Texnik innovatsiyalarni amalga oshirish (masalan, qozon bilan quritish jarayoni, quritish pechlarini almashtirish va ko'mirdan yoqilg'i sifatida foydalanish) zavod ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirdi va ishchi kuchini qisqartirdi.


No26 Bosh zavodi

26-sonli zavod Koreyadagi eng yirik yer osti harbiy inshootidir. Zavod Liviya, Suriya, Eron, Iroq va Misrga eksport qilinadigan o'q-dorilarni ishlab chiqaradi. Unda 20 000 dan ortiq ishchi ishlaydi va yiliga 126 000 minomyot o'qlari va 1,76 million o'q-dorilar ishlab chiqarishi mumkin. 1991-yil 30-noyabrda zavoddagi kuchli portlashdan oqibatida mingga yaqin ishchi halok bo‘lgan. Janubiy Koreya manbalari voqeadan omon qolganlarning da'volariga asoslanib, qurbonlar sonini olti baravar yoki undan ko'p deb hisoblaydi.

Manbalar

  1. 1,0 1,1 „북한지역정보넷“. www.cybernk.net. Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
  2. Barros, Andrew and Martin Thomas (2018) The Civilianization of War
  3. Song, Wojun and Joseph Wright (2018) "The North Korean Autocracy in Comparative Perspective" Journal of East Asian Studies 20:2
  4. „북한지역정보넷“. www.cybernk.net. Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
  5. „북한지역정보넷“. www.cybernk.net. Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
  6. „Kanggye“. transphoto.org. Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
  7. „강계방송“. Encyclopedia of Korean Culture. Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.
  8. „북한지역정보넷“. www.cybernk.net. Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
  9. „북한지역정보넷“. www.cybernk.net. Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
  10. „North Korea’s Hydroelectric Power – Part II | 38 North: Informed Analysis of North Korea“ (en). 38 North (2019-yil 29-avgust). Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
  11. „《조선의 오늘》“. dprktoday.com. Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
  12. . 통일신문. [sayt ishlamaydi]
  13. „The Kanggye explosion: a man-made disaster in North Korea - North Korea News“. NK News (2018-yil 12-yanvar).
  14. „Remembering the Kanggye Tractor Factory incident of 1991“. DailyNK.com / Unification Media Group (2020-yil 13-fevral).