Keyp-york

Keyp-york — Avstraliyaning shim.-sharqiy qismidagi yarim orol. Marjon dengizi bilan Karpentariya qoʻltigʻi oraligʻida. Uzunligi 600 km dan ziyod. Mayd. 300 ming km2. Gʻarbiy qismi pasttekislik, sharqi yassitogʻlik (bal. 555 m gacha). Iqlimi subekvatorial. Evkalipt oʻrmonlari, gʻarbiy sohillarida mangra oʻrmonlari, sharqida doim yashil sernam tropik oʻrmonlar bor. Boksitning katta konlari topilgan, oltin, qoʻrgʻoshin qazib olinadi. Milliy parklar bor.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil