Kiyev arvohi (ukraincha: Привид Києва , pronounced ) — 2022-yil 24-fevral Kiyev hujumi chogʻida Kiyev osmonida oltita rus samolyotini urib tushirgan MiG-29 Fulcrumning as uchuvchisi toʻgʻrisidagi afsona. Turli matbuot xizmatlari, jumladan, Ukraina xavfsizlik xizmati ham yuqoridagi xabarni bildirgan. Kiyev arvohi ukrainaliklar uchun ruhiy undovchi vosita va Rossiya-Ukraina urushi paytida Ukrainaning muvaffaqiyati toʻgʻrisida hikoya sifatida eʼtirof etilgan. Yangilik tarqalganidan ikki oy oʻtgach, Ukraina harbiy-havo kuchlari uning afsona ekanligini tan oladi va odamlarni „axborot gigienasining asosiy qoidalarini e’tiborsiz qoldirmaslik“ va „axborotni tarqatishdan oldin manbalarni tekshirish“ga chaqirib ogohlantiradi.
2022-yilning 24-fevralida Rossiya Ukrainaga keng koʻlamli bosqinni boshladi, bunda ikki davlat oʻrtasida avvaldan mavjud boʻlgan urush yuzaga keldi. Bosqinning birinchi kunida boshlangan Kiyev hujumi chogʻida, ijtimoiy tarmoqlarda bosqin boshlanganidan koʻp oʻtmay Ukrainadagi qiruvchi samolyotlar uchishlari bilan bogʻliq videolar, jumladan, bir nechta rus samolyotlarini urib tushirgan uchuvchi haqidagi videolar keng tarqala boshladi. Kiyev osmonida oltita havo kurashida yenggib chiqqan „Kiyev arvohi“ taxallusli MiG-29 uchuvchisi bosqinning dastlabki 30 soati ichida paydo boʻldi. Oltita urib tushirilgan dushman samolyotlari ikkita Su-35, ikkita Su-25, bitta Su-27 va yana bitta MiG-29 ekani xabar qilindi. Agar uchuvchi aslar mavjud boʻlganida, ular XXI asrning birinchi yozib olingan qiruvchi aslari boʻlar edi.
Ukraina Mudofaa vazirligining taʼkidlashicha, agar urib tushirishlar tasdiqlansa, Kiyev arvohi Rossiya bosqinidan keyin Ukraina Qurolli kuchlariga qaytib kelganida harbiy rezervning oʻnlab tajribali uchuvchilardan biri boʻlishi mumkin. U tvitda Kiyev arvohini „havo qasoskori“ deb ataydi. Biroq, Ukraina bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniy Ukrainadagi janglarning birinchi kunida urib tushirilgan jami oltita (agar undan koʻproq boʻlsa ham) rus samolyotini tasdiqlay olishini aytdi.
Ukraina hukumati maslahatchisi Liubov Tsibulska 8-iyun kuni „Kiyev arvohi“ afsonasiga alohida toʻxtalib oʻtib, dezinformatsiyadan qochish muhimligini ta’kidladi va ba’zida xatolar boʻlishi mumkinligini tan oldi. Uning taʼkidlashicha, Ukraina hukumati „saboq olishga qodir“ va eng muhimi, maʼlumotlar notoʻgʻriligi tan olingan va oʻchirib tashlangan.
Koʻpgina manbalar Kiyev arvohini shahar afsonasi yoki urush targʻiboti deb bilishadi va mavjudligi isbotsiz uchuvchining Ukraina aholisi uchun Rossiya bosqini paytida optimizmni kuchaytirish uchun katta ruhiy turtki oʻlaroq eʼtirof etishgan. Bu voqealar ukrainaliklar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ulashildi. Baʼzilar Kiyev arvohini butun Ukraina havo kuchlarini oʻz ichiga olgan butun bir qahramon oʻlaroq koʻrishadi.
title=
parametri belgilanishi kerak. Manba xatosi: Invalid <ref>
tag; name "5Kanal20220225" defined multiple times with different content
<ref>
tag; name "BuzzFeed" defined multiple times with different content
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. Ministry of Defence of Ukraine . „{{{title}}}“ (uk) (25-fevral 2022-yil). 2022-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2022-yil.
<ref>
tag; name "Thei" defined multiple times with different content