Bosh qarorgohi | Vilnyus |
---|---|
Koordinatalari | 54°41′10″N 25°17′00″E / 54.68611°N 25.28333°E G OKoordinatalari: 54°41′10″N 25°17′00″E / 54.68611°N 25.28333°E G O |
Tashkil etilgan yili | 27-sentyabr, 1922-yil |
Mulkchilik shakli | 100% Davlat mulki |
Rais | Gediminas Shimkus |
Markaziy banki | Litva |
Oltin-valyuta zaxiralari | $1.310 mlrd |
Vorisi | Yevropa markaziy banki (2015)1 |
Veb sayti | The Bank of Lithuania (Lithuanian and English) |
1 Litva banki hozir ham faoliyat yuritadi, biroq aksariyat vazifalari YMBga oʻtkazilgan. |
Litva banki (litovcha: Lietuvos bankas) Litva Respublikasining markaziy banki hisoblanadi. Litva banki Yevropa Markaziy banklar tizimining aʼzosidir. Bank raisi - Gediminas Shimkus. 2015-yilgacha Litva banki mamlakatning sobiq milliy valyutasi litni boshqarish uchun masʼul edi. Litva 2015-yil 1-yanvarda yevroni qabul qilgandan soʻng, u Yevrotizimning bir qismiga aylandi.
Bankning rasmiy veb-saytiga koʻra, Litva banki quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Yevropa Markaziy banklar tizimining aʼzosi sifatida Litva banki yevrozona monetar siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Litva banki boshqaruvi raislari:
Bank rais, raisning ikki nafar oʻrinbosari va ikki a’zodan iborat Boshqaruv kengashi tomonidan boshqariladi.
Litva banki rasmiy veb-saytiga koʻra, bank Nazorat xizmati tomonidan boshqariladi va oʻnta boshqarma: Iqtisodiyot, statistika, bozor operatsiyalari, xalqaro munosabatlar, toʻlov tizimlari, naqd pul, buxgalteriya hisobi, axborot texnologiyalari, umumiy xizmatlar va xavfsizlik boshqarmalari, oltita avtonom boʻlinma (ichki audit, yuridik, tashkiliy va xodimlar, umumiy va jamoatchilik bilan aloqalar, risklarni boshqarish) hamda Litva bankining Kaunas va Klaypedadagi filiallari mavjud.