Marna

Marna
Tavsif
Uzunligi 514
Suv sarfi 100 m³/s
Davlat Fransiya
Marna

Marna (fransuzcha: Marne) — Fransiya shim.dagi daryo, Sena daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 525 km, havzasining maydoni 12,7 ming km². Langr platosidan boshlanib, Parij havzasi boʻylab oqadi va Parij shahri yaqinida Sena daryosiga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 100 m³/sek. Asosan, yomgʻir suvidan toʻyinadi. Qishda toʻlib oqadi (suv sathi 4–5 m gacha koʻtariladi). Kema qatnaydi. Kanallar orqali Reyn va Sena daryolari havzasi bilan bogʻlangan. MARODYORLIK (frans. maraudeur — talonchi) — harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarning bir turi;halok boʻlganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini egallash. OʻzR Jinoyat kodeksi boʻyicha, bunday jinoyatni sodir etganlar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Xalqaro huqukda M. kengroq maʼnoda qoʻllaniladi (dushman hududi aholisini talash ham shunday jinoyat hisoblanadi) va unga xalqaro tusdagi harbiy jinoyat sifatida qaraladi.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil