Mystique | |
---|---|
Nashr haqida maʼlumot | |
Nashriyot | Marvel Comics |
Debyut |
Chris Claremont Dave Cockrum |
Muallif(lar) | Ms. Marvel #16 (may, 1978-yil) |
Qahramon haqida maʼlumot | |
Toʻliq ismi | Raven Darkhölme |
Turi | Mutant odam |
Ittifoqchilari va dushmanlari haqida maʼlumot | |
Ittifoqchilari |
Jean Grey Professor Charles Xavier Nick Fury Storm Raven Wagner Leni Zauber Valerie Cooper Mallory Brickman Ronnie Lake Holt Adler Surge Foxx Amichai Benvenisti Risty Wilde Janice Lincoln William Riva Victoria Snow Lonnie Lincoln |
Mystique (Raven Darkhölme) — Marvel Comics tomonidan yaratilgan va asosan Gʻaroyib odamlar bilan bogʻliq boʻlgan xayoliy qahramon. David Cockrum va Chris Claremont tomonidan yaratilgan ushbu personaj ilk bor Ms. Marvel #16 (may, 1978-yil) komiksida paydo boʻlgan.
Mystique gʻayriinsoniy kuchlar bilan dunyoga kelgan mutantdir. U istalgan odamning qiyofasiga kira oladi. Uning tanasining rangi — koʻk, sochlarining rangi — qizil, koʻzlari esa sariq ranglidir. Mystique komikslarda asosan Gʻaroyib odamlar jamoasining dushmani sifatida koʻrsatilgan.
Mystique personajini Gʻaroyib odamlar filmlar seriyasining yetti filmida uchratish mumkin. X-Men (2000), X2 (2003) va X-Men: The Last Stand (2006) filmlarida ushbu personajni Rebecca Romijn, X-Men: First Class (2011), X-Men: Days of Future Past (2014), X-Men: Apocalypse (2016) and Dark Phoenix (2019) filmlarida esa Jennifer Lawrence gavdalantirgan.