Navuxodonosor II

Navuxodonosor II — Bobil podshosi (miloddan avvalgi 605—562). 605-yil Suriya va Falastin hududini bosib olgan, 598-yil Shimoliy Arabistonga yurish qilgan. 597-yil, soʻngra 587-yil (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 586-yil) qoʻzgʻolon koʻtargan Quddus shahrini vayron qilgan. Yahudiya (Iudeya) podsholigini tugatgan va Yahudiyaning aksariyat aholisini asir qilib olib ketgan. Uning davrida mashhur „Bobil minorasi“ va osma bogʻlar bunyod etilgan.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil