Nicéphore Niépce | |
---|---|
Tavalludi |
Joseph Nicéphore Niépce 7-mart 1765-yil |
Vafoti |
5-iyul 1833-yil (68 yoshda) Saint-Loup-de-Varennes, Saône-et-Loire, France |
Fuqaroligi | Fransiya |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1795−1833 |
Imzosi | |
Jozef Nisefor Niepse 1765-yil 7-martda Fransiyada tugʻilgan. Asosan Nisefor Niepse nomi bilan tanilgan. Nisefor Niepseni fotografiyaga asos solgan fotograf sifatida bilishadi. Niepce 1825-yilda fotoni oʻyib yozish uchun foydalaniladigan ilk bosma plastinka heliografiyani yaratgan. 1826—1827-yillarda u eng qadimgi kameradan foydalangan holda, dunyoning haqiqiy manzarasini saqlab qolgan holda eng qadimgi fotosuratini olgan. Shuningdek Nieps akasi Klod Nieps bilan birgalikda dunyodagi birinchi ichki yonuv dvigateli Pireolofor ham yaratgan.
Niepse Chalon-sur-Son shahrida huquqshunos oilasida tugʻilgan. Ular oilada toʻrtta farzand boʻlgan. Uning katta akasi Klod (1763—1828) ham ixtirochi boʻlgan. Ammo Pireolofor kashfiyoti uchun oilaviy boylikning barchasini sarf qilganligi sababli qashshoqlik va muvafaqqiyatsizlikka uchrab, ruhiy kasallikdan vafot etgan.
Niepse Anjedagi Oratoriya kollejida taʼlim olish jarayonlarida fan va eksperimental usulni tezda oʻrgangan va tezda muvaffaqiyatga erishib, kollej professori unvoniga sazovor boʻlgan.
1818-yilda Niepce velosipedning ajdodi boʻlgan 1817-yilda Karl fon Drais tomonidan ixtiro qilingan Laufmaschine bilan qiziqib qoladi. Uning oʻzi ham yangi model yasaydi va uni velocipède (tezkor oyoq) deb nomlaydi. U oʻzining bu mashinasini egar bilan yanada takomillashtiradi va bu ixtirosi katta shov-shuvga sabab boʻladi. Keyinchalik u akasi Niseforga yoʻllagan maktubida mashinasini motorizatsiya qilishni ham oʻylab qoʻyganligi haqida yozgan.
Oy krateri Niepsening sharafiga uning nomi bilan atalgan.
Niépce Heliografi Ostindagi Texas universitetidagi Garri Ransom markazida doimiy ravishda namoyish etib boriladi.
Niepce nomli mukofot 1955-yildan beri har yili Fransiyalik yildan professional fotograflarga beriladi. U Niepce sharafiga Albert Plécy tomonidan kiritilgan
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date=
(yordam)