Olimpiya stadioni (Istanbul)

Otaturk Olimpiya stadioni
Joyi Bashakshexir, Istanbul, Turkiya bayrogʻi Turkiya
Asos solingan 1999-yil
Qachon qurilgan 2002-yil
Qachon ochilgan 2002-yil 31-iyul
Inshoot narxi $140 mln
Hajmi 80.500
Maydon oʻlchami 105m × 68m
Maydon egalari
Futbol boʻyicha Turkiya terma jamoasi

Otaturk Olimpiya Stadioni (turkchaAtatürk Olimpiyat Stadi) — Turkiyaning Istanbul shahridagi koʻp sportli stadion. 2002-yilda ochilgan.

Qurilishi

Stadion qurilishida 3 700 000 m³ tuproq chiqarib tashlandi, 60 000 m³ beton, 90 000 m² yoʻl qoplamasi yotqizildi, 400 ta avtomobil uchun toʻxtash joyi qurildi.

2002-yildan 2005-yilgacha stadion 80.597 tomoshabinni qabul qilgan. Keyinroq oʻrinlar soni 76.092 taga qisqartirildi.

2013-yil 14-iyundan buyon stadionga olib boruvchi metro liniyasi qurilmoqda.

Foydalanilishi

Ayni paytda stadionda sport musobaqalari, mashhur guruhlarning konsertlari oʻtkaziladi:

Baʼzida Turkiya terma jamoasi shu stadionda oʻz matchlarini oʻtkazadi.

Umumiy maʼlumotlar

Stadion XXIX Olimpiya oʻyinlarining asosiy arenasi sifatida qurilgan boʻlib, Istanbul mezbonlik qilishga daʼvo qilgan edi. Istanbulning gʻarbiy chekkasida joylashgan. Olimpiya stadioni Turkiyadagi eng katta stadiondir. Qurilish 1999-yilda boshlangan va 2002-yilda 2008-yilgi Olimpiya oʻyinlari uchun qurib bitkazilgan. Turkiyaning Yozgi olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilish taklifi muvaffaqiyatsiz tugadi. Oʻyinlar Pekinda boʻlib oʻtdi. Stadion qurilishiga $140 million sarflangan.

Stadion Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomi bilan atalgan.

Arxitektura

Otaturk Olimpiya stadioni

Stadionning ikkita poʻlat tomi (ogʻirligi 2800 va 1300 tonna) Tekfen tomonidan Jayhandagi (Adana) zavodida ishlab chiqarilgan.

Stadionda 134 ta kirish va 148 ta chiqish eshigi qurilgan. Olimpiya stadioni 80.000 tomoshabinni sigʻdira oladi va xavf tugʻilganda ularni 7,5 daqiqa ichida evakuatsiya qilish imkoniyatiga ega. Stadionda yer osti tunneli orqali stadion bilan bogʻlangan ikkita mashgʻulot maydonchasi mavjud.

Stadionning gʻarbiy tomi ostida maydoni 42 200 m² boʻlgan 6 qavatli yer ostida 3 qavati joylashgan) savdo markazi mavjud.


Manbalar

  1. Atatürk Olimpiyat Stadi. WORLD STADIUMS (9-oktabr 2008-yil). 15-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2008-yil.
  2. Tekfen Construction. TEKFEN (7-dekabr 2015-yil). 6-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2022-yil.