Podpolkovnik

Podpolkovnik (rus. polkovnikdan quyi) — bir qator davlatlar qurolli kuchlarida zobitlik unvoni. Podpolkovnik unvoni rus armiyasida 17-asrdan mavjud boʻlgan. U polk komandirining oʻrinbosari, polk shtabining boshligʻi, alohida batalon, harbiy qismlar komandiri lavozimlarida boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, ichki ishlar vazirligi, soliq, bojxona, chegara va boshqa qismlardagi zobitlik unvoni.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil