Rossiya tomonidan tasdiqlangan: 1 Su-25 yoʻq qilingan Ukraina tomonidan tasdiqlangan: 50 nafar harbiy halok boʻlgan 2+ qoʻlga olingan 4 ta tank yoʻq qilingan Oʻnlab zirhli mashinalar yoʻq qilingan 6 ta samolyot urib tushirilgan 3 ta vertolyot urib tushirilgan
Ukraina tomonidan tasdiqlangan: 40+ soldat halok boʻlgan Bir necha oʻnlab harbiylar jarohatlangan 1 transport samolyot urib tushirilgan Rossiya tomonidan tasdiqlangan: Ukraina harbiy havo bazalari va havo mudofaa tizimlari zararsizlantirilgan 14 nafar soldat taslim boʻlgan 4 ta kombat samolyoti urib tushirilgan 1 kombat vertolyoti urib tushirilgan 4 ta dron urib tushirilgan
17 nafar ukrainalik fuqaro halok boʻldi
2022-yilning24-fevralidaRossiyaUkrainaga bosqinchilik hujumini boshlagan. Bosqinchilik hujumiga qadar Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida uzoq vaqt davomida qoʻshin toʻplab, uning sonini oshirib borgan hamda Ukrainaning NATOga qoʻshilishini qonunan man etish toʻgʻrisidagi talab bilan chiqqan. Bosqin boshlanishidan bir necha kun avval Rossiya Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan olgan va 2022-yilning 21-fevralida Ukraina sharqidagi Donbass hududiga Rossiya qurolli kuchlari boʻlinmalarini yuborgan.
24-fevral taxminan soat 05:00 EET (UTC+2) da Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani „denatsifikatsiya“ va „demilitarizatsiya“ qilish maqsadida „maxsus harbiy operatsiya“ boshlanganini eʼlon qilgan. Oradan daqiqalar oʻtgach, rus askarlari tomonidan Ukraina hududiga havodan hujumlar boshlangan. Ukraina chegara xizmati rus harbiylari Rossiya va Belarus chegara postlari orqali bostirib kirganini maʼlum qilgan.
Jahondagi koʻpchilik davlatlar ushbu bosqinchilik hujumini qoralab, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishgan. Hujumga qarshi global namoyishlar boʻlib oʻtayotgan bir paytda Rossiyadagi namoyishlar ommaviy hibsga olishlar bilan qarshilangan. Bosqindan avval ham, bosqin davomida ham koʻplab davlatlar Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berish orqali yordam koʻrsatishgan. Bunga javoban Putin Rossiya yadroviy kuchlarini shay holatga keltirgan. Rossiya bosqini 2022-yilning sentyabr oyidan muvaffaqiyatsizlikka uchrab, natijada Putin Rossiya hududida qisman safarbarlik eʼlon qilgan.
BMTning Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi maʼlumotlariga koʻra, 500 mingdan ortiq ukrainalik qochqin hujumning dastlabki toʻrt kuni ichida mamlakatni tark etib, Yevropa boʻylab qochqinlar inqiroziga sabab boʻlgan. 2022-yil may holatiga koʻra, 8,2 million aholi Ukrainani tark etgan, iyun holatiga koʻra esa 8 million aholi Ukraina ichida ichki koʻchishni amalga oshirgan.
Boshlanishi
Rossiya harbiy boʻlinmalari
2021-yilning martidan apreliga qadar Rossiya Ukraina bilan chegara yaqinida qoʻshin toʻplashni boshlagan. Harbiy askarlar sonini oshirishning ikkinchi bosqichi 2021-yilning oktyabridan 2022-yilning fevraligacha davom etgan. Rossiya 2022-yilning oktyabrida Ukrainaning Xarkiv viloyatida magʻlubiyatga uchradi. Hozirgi kunda 2022-yil 21-dekabrgacha Rossiya Belorussiya hududiga 10 ming kishilik Armiyasini VA bir necha S-400 zenit Raketa komplekslarini joylashtirdi.2023-yilda Ukraina hududiga Belorussiya armiyasi hujum qilish ehtimoli mavjud.
Xalqaro yordamlar
Ushbu harbiy harakatlar munosabati bilan AQSh Ikkinchi jahon urushi davridagi lend-liz dasturini qayta ishga tushirdi. 2022-yil 9-may kuni AQSh prezidenti Joe Biden Ukrainaga harbiy yordam berish imkonini koʻzda tutuvchi lend-liz toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi.
↑„Ukraine's rebel 'people's republics' begin work of building new states“ (en). The Guardian (6-noyabr 2014-yil). — „The two 'people's republics' carved out over the past seven months by pro-Russia rebels have not been recognised by any countries, and a rushed vote to elect governments for them on Sunday was declared illegal by Kiev, Washington and Brussels.“. 26-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar 2022-yil.
↑„Общая информация“ (ru). Official site of the head of the Lugansk People's Republic. — „11 июня 2014 года Луганская Народная Республика обратилась к Российской Федерации, а также к 14 другим государствам, с просьбой о признании её независимости. К настоящему моменту независимость республики признана провозглашенной Донецкой Народной Республикой и частично признанным государством Южная Осетия.“. 12-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-mart 2018-yil.
(Wayback Machine saytida 2018-03-12 sanasida arxivlangan)
↑„"Шепетівський ремонтний завод" отримав партію шасі Tatra від чеської Excalibur Army для РСЗВ "Буревій"“ (uk). Defense Express (23-dekabr 2021-yil). — „Нові шасі від Tatra були спеціально доопрацьовані чеською Excalibur Army під вимоги ЗСУ – в рамках виконання державного оборонного замовлення. На ДП "Шепетівський ремонтний завод" прибула партія шасі Tatra для випуску нової української 220-мм реактивної системи залпового вогню "Буревій". “. 17-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2022-yil.
↑„The Czech Republic is sending thousands of artillery shells to Ukraine“ (en-US). Czech Daily (27-yanvar 2022-yil). — „... the (Czech) government decided to donate 4,000 artillery shells to Ukraine for about CZK 37 million. Minister Černochová described it as a gesture of solidarity. Defence Minister Jana Černochová (ODS), who proposed the donation to the cabinet, sees it as a significant act of solidarity. The Czech Republic wants to use the donation to strengthen Ukraine’s defense capabilities. The Czech Republic will send 4006 pieces of 152-millimeter artillery ammunition to Ukraine, worth CZK 36.6 million. It will be transferred through a donation agreement.“. 13-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2022-yil.
↑13 killed in Southern Ukraine, (Wayback Machine saytida 24-fevral 2022-yil sanasida arxivlangan) 3 killed in Mariupol and 1 killed in Kharkiv, total of 17 reported killed