Stefan Kuntz

Stefan Kuntz
Kuntz 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Stefan Kuntz
Tavallud sanasi 30-oktyabr 1962-yil (1962-10-30)
Tavallud joyi Neunkirchen, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Turkey (bosh murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1970-1981 Borussia Neunkirchen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1980-1983 Borussia Neunkirchen 89 (28)
1983-1986 VfL Bochum 100 (41)
1986-1989 Bayer 05 Uerdingen 94 (32)
1989-1995 1. FC Kaiserslautern 170 (75)
1995-1996 Beşiktaş 30 (9)
1996-1998 Arminia Bielefeld 65 (25)
1998-1999 VfL Bochum 20 (6)
2002-2003 SV Furpach 22 (22)
2004-2005 FC Palatia Limbach 10 (1)
Milliy terma jamoa
1983-1985 West Germany U-21 4 (3)
1986 West Germany B 1 (2)
1993-1997 Germany 25 (6)
Boshqargan klublari
1999-2000 Borussia Neunkirchen
2000-2002 Karlsruher SC
2003 Waldhof Mannheim
2003 LR Ahlen
2016-2021 Germany U21
2021 Germany U23
2021- Turkey
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Stefan Kuntz (1962-yil 30-oktabrda tugʻilgan) — nemis professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan. Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Kuntz 1993—1997-yillar oraligʻida Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Germaniya terma jamoasi bilan1994-yilgi FIFA Jahon kubogi chorak finaliga chiqqan va UEFA Euro 1996 gʻolibi boʻlgan. U 25 ta oʻyinda 6 ta gol urgan. Shu jumladan, Euro-1996 yarim finalida Angliyani magʻlub etgan oʻyinda jamosiga katta foyda keltirgan.

Klubdagi karyerasi

Kuntzning futbolchilik faoliyati 1983-yildan 1999-yilgacha davom etgan. U Bundesligada 449 ta oʻyinda maydonga tushib, 179 ta gol urgan. Kuntz VfL Bochum, Bayer 05 Uerdingen, 1 FC Kaiserslautern va Arminia Bielefeld hamda Turkiyaning Beshiktosh JK jamolari uchun oʻynagan. 1986 va 1994-yillarda Kuntz Bundesligadagi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan.

1995-yilda Kuntz vatandoshining iltimosiga binoan Turkiyaning „Beşiktaş“ jamoasiga oʻtdi. Kuntz oʻzining Ligadagi debyutini 1995-yil 13-avgustda „Kayserispor“ga qarshi safar oʻyinida 1:1 hisobida yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan. 1995-yil 24-sentyabrda u oʻzining birinchi golini debyut oʻyindan 5-hafta oʻtib Istanbulspor"ga qarshi oʻz uyida 5:2 hisobida yakunlagan uchrashuvda kiritdi.

Xalqaro darajadagi oʻyinlar

Euro-1996da Kuntz yarim finalda Angliya bilan 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda jamoasi uchun muhim rol oʻynadi. Oʻyinda Angliya oldinga chiqib olganidan keyin koʻp oʻtmay hisobni tenglashtirdi, shuningdek, penaltilar oʻyinida beshinchi penaltini u amalga oshirdi. Kuntz xalqaro oʻyinlardagi faoliyati davomida 25 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urdi. Eng ahamiyatli jihati bu oʻyinlarning hech biri Germaniyaning magʻlubiyati bilan yakunlanmadi (20 gʻalaba, penaltilar seriyasidan keyin bitta gʻalaba va toʻrtta durang), bu magʻlubiyatsiz oʻyinlar boʻyicha Germaniya uchun rekorddir.

Futbolchilikdan keyingi faoliyati

2006-yildan 2008-yilgacha Kuntz VfL Bochum klubining sport direktori boʻlgan. 2008-yildan 2016-yilgacha u 1. Kayzerslautern FKning boshqaruv kengashi raisi boʻlgan.

Germany U21 terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida u ikki marta 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. 2017-yilda uning jamoasi finalda Ispaniyani 1:0 hisobida magʻlub etdi. 2021-yilda esa Germaniya xuddi shu hisobda Portugaliyani ham magʻlub etgan.

2021-yil 19-sentabrda u Turkiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

Muvaffaqiyatlar

Oʻyinchi sifatida

Kaiserslautern

  • DFB-Pokal: 1989-90 
  • Bundesliga: 1990-91 
  • DFL-Supercup: 1991

Germaniya safida

  • UEFA European Championship: 1996 

Individual tarzdagi muvaffaqiyatlari

  • Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 1991-yil 

Menejer sifatida

Germany U21

  • UEFA European Under-21 Championship: 2017, 2021; runner-up: 2019 

Boshqaruv statistikasi

14-iyun, 2022-yil(2022-06-14) holatiga koʻra
Jamoa -dan -gacha Natija
G W D L Gʻalaba %
Borussia Neunkirchen 1999-yil, 18-noyabr 2000-yil, 30-iyun 22 15 5 068.18 68.18
Karlsruher SC 2000-yil, 1-iyul 2002-yil, 25-sentabr 79 30 29 037.97 37.97
Waldhof Mannheim 2003-yil, 3-aprel 2003-yil, 30-iyul 8 1 6 012.50 12.50
LR Ahlen 2003-yil, 1-iyul 2003-yil, 13-noyabr 13 4 8 030.77 30.77
Germany U21 2016-yil, 1-sentabr 2021-yil, 19-sentabr 53 38 8 071.70 71.70
Germany Olympic 2021-yil, 1-iyun 2021-yil, 7-avgust 3 1 1 033.33 33.33
Turkey 2021-yil, 19-sentabr hozirgacha 10 7 2 070.00 70.00
Jami 188 96 33 59 051.06

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar

  1. „Squad List: Men's Olympic Football Tournament Tokyo 2020: Germany (GER)“. FIFA (2021-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  2. Arnhold. „Stefan Kuntz – Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
  3. Arnhold. „(West) Germany – Top Scorers“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 4-iyun). Qaraldi: 2015-yil 14-oktyabr.
  4. „Amatör Ruhla Oynayan Bir Alman: Stefan Kuntz“ (Tr). Beşiktaş J.K. (2016-yil 20-yanvar). 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr. „1995-96 sezonunda vatandaşı Christoph Daum'un isteği üzerine Beşiktaşımız'a transfer oldu. Siyah-beyaz formayla, ligdeki ilk golünü 24 Eylül 1995'de Beşiktaşımız'ın 5-2 kazandığı maçta İstanbulspor filelerine gönderdi.“.
  5. „Kayserispor – Beşiktaş Maç Detayları – TFF“ (Tr). Turkish Football Federation. 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr.
  6. „Beşiktaş – Istanbulspor A.Ş. Maç Detayları – TFF“ (Tr). Turkish Football Federation. 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr.
  7. Arnhold. „Stefan Kuntz – Goals in International Matches“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
  8. „Stürmer, Trainer, Manager – Die Stationen des Stefan Kuntz“ (de-DE). Süddeutsche Zeitung (2008-yil 7-aprel). Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
  9. „Germany beat Portugal to win European U21 Championship“. Bundesliga (2021-yil 6-iyun). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  10. „Stefan Kuntz named new Turkey head coach“. tff.org (2021-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-sentyabr.
  11. „Deutscher Supercup, 1991, Finale“. dfb.de (2014-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-noyabr.

Havolalar

  • Stefan Kuntz at fussballdaten.de (in German)
  • Stefan Kuntz at WorldFootball.net
  • Stefan Kuntz at National-Football-Teams.com Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash