Tixuana

TixuanaMeksikaning shim. gʻarbiy qismidagi shahar. Quyi Kaliforniya shtatida, AQSH chegarasiga yaqin yerda. Aholisi 1,2 mln. kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dehqonchilik rnining savdo markazi. Oziq-ovqat, paxta tozalash, toʻqimachilik, sellyulozaqogʻoz sanoati korxonalari bor. AQSH bilan boʻladigan savdo markazi. Kurort shahar, turizm markazi.