Yovvoyi kurka | ||||
---|---|---|---|---|
Hurpaygan nar kurka | ||||
Urgʻochi kurka | ||||
Biologik klassifikatsiya | ||||
| ||||
Distribution of M. gallopavo
| ||||
6, matnga qarang |
Kurka (Meleagris gallopavo (Linnaeus, 1758)) – qirgʻovullar turkumiga mansub yirik Yangi dunyo oʻtxoʻr qushi. Xonaki kurkaning ajdodi hisoblanadi.
Yovvoyi kurkaning tabasi yirik, vazni 8 kg gacha (erkak). Narining uzunligi 100-110 sm, urgʻochisi 85 sm. Oyoqlari uzun va kuchli. Qushlar qisqa masofalarga ucha oladi.
Tanasining ustki qismi jigarrang-sariq va jigarrang-qizil, metall rangi koʻrinishida, qanotlaridagi patlari qora, orqa va quyruq patlarining pastki qismi yashil va qora chiziqlar bilan uygʻunlashgan jigarrang tusda. Tanasining pastki qismi sargʻish-jigarrangdan jigarrang-kulranggacha oʻzgarib boradi.
Boshi va boʻynining yuqori qismi koʻk rangda, tuklarsiz. Tumshugʻining tagida gʻoʻshtli qoʻshimcha osilib turadi.
Oyoqlari qizil yoki binafsha rangda. Koʻkragida ot tukiga oʻxshash tuklar bor.
Modaning rangi sustroq, oʻlchami erkaklarnikiga qaraganda kichikroq.
Shimoliy Amerika oʻrmonlarida uchraydi.
Oʻsimlik va hayvonot ozuqalari – yongʻoq, boshoq, don va turli xil mevalar, shuningdek, hasharotlar bilan oziqlanadi.
Yerga in quradi. Aprel oyida moda 10 dan 15 gacha va hatto 20 ta gacha tuxum qoʻyadi va ularni qattiq himoya qiladi.
Yovvoyi kurkalar koʻpincha xonaki urgʻochilar bilan juftlashadi va natijada olingan joʻjalar mahalliy joʻjalarga qaraganda yaxshiroq sifatga ega boʻlad.
Vikiomborda Yovvoyi kurka haqida turkum mavjud |