Zestaponi

Zestaponi

ზესტაფონი
Shahar
42°6′30″N 43°2′30″E / 42.10833°N 43.04167°E / 42.10833; 43.04167 G OKoordinatalari: 42°6′30″N 43°2′30″E / 42.10833°N 43.04167°E / 42.10833; 43.04167 G O
Aholisi
 (2014)
20 814
Vaqt mintaqasi UTCGeorgian Standard Time
]
Zestaponi Teatri
Zestaponi temir yoʻl stantsiyasi
Shorapani qal’asidan koʻrinish

Zestafoni yoki Zestaponi (gruzincha: ზესტაფონი, Georgian pronunciation: ) — Gʻarbiy Jorjiyadagi Zestafoni tumanining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Zestafoni Gruziyaning tarixiy qismi Imereti provinsiyasi tarkibiga kiruvchi Margveti markazidir. Zestafoni — Gruziya pravoslav cherkovining Margveti yeparxiyasining markazi boʻlgan. Zestafoni Kolxida platosining eng uzoq sharqida joylashgan.

Tarixi

1820-yillarda shaharchaga kazaklar qoʻshini joylashtirilgan edi. Lekin u orqali oʻtadigan daryo nomi bilan „Kvirila“ deb atalgan. Rossiya imperiyasi davrida shahar Kutaisi gubernatorligidagi Shorapani uyezdining maʼmuriy markazi hisoblangan. 1920-yillarda nom mashhur inqilobchi nomi bilan yaʼni „Jugeli“ ga oʻzgartirilgan. Faqat oz vaqt oʻtgach, shahar oʻzining tarixiy nomini qaytarib olgan.

Sport va madaniyati

Yozuvchi Boris Akunin va faylasuf Tengiz Tsereteli Zestafoni shahrida tug‘ilganlar. Psixolog va faylasuf Dimitriy Uznadze 1886-yilda shu atrofdagi Sakara qishlogʻida tugʻilgan. Mashhur gruzin aktyorlari Shalva Gambashidze, Ushangi Chxeidze, Sergo va Buxuti Zakariadzelar ham Zestafonida tug‘ilganlar. Kurash bo‘yicha jahon chempioni Mixail Saladze ham Zestafoni shahridan.

Taniqli shaxslari

  • Dimitriy Uznadze — psixolog
  • Boris Akunin
  • Shalva Dadiani
  • Zaza Tavadze — Gruziya Konstitutsiyaviy sudining sobiq raisi

Manbalar

  1. „History“. Football Club Zestafoni. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-fevral.
  2. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ru). Collection of materials by Lenta.ru. Qaraldi: 2009-yil 26-noyabr.
  3. Georgy Ketchuashvili2. „Dimitri Uznadze (1886–1950)“. PROSPECTS: the quarterly review of comparative education vol. 24, no.3/4, 1994, p. 687–701. UNESCO: International Bureau of Education. Qaraldi: 2010-yil 31-yanvar.

Andoza:Gruziya tuman va shaharlari