Olivin

Olivin (lotincha: oliva — zaytun; nomi zaytunsimon-yashil-xrizotil rangidan) — ortosilikatlar kichik sinfiga mansub minerallar guruhi. Kimyoviy tarkibi (Mg)2Fe)2. Unda 8— 12 %, baʼzan 20 % GʻeO va 45-50% MgO boʻladi. O. guruhiga forsterit Mg2, tefroit Mn2, knebelit (Gʻe, Mn)2, montichellit CaMg kiradi. O. Tarkibidagi Mg, Fe, Mn izomorf shaklida Ni, Co, Sa, Sg bilan almashadi. Tarkibida fayalit molekulali O. tabiatda koʻproq tarqalgan (10—30%), marganets qoʻshilgan molekulali turlari kamroquchraydi. Romb singoniyada kristallanadi. Donador agregat va kristallar holida boʻladi. Rangi sargʻish-yashil, sariq, zaytun rangli, shaffof. Qattiqpigi 6,5—7; zichligi 3,2—4,4 g/sm3. O. asosli va oʻta asosli jinslar (dunit, peridotit, gabbro, bazalt, pikrit va boshqalar) hosil qiladi. U topilgan joyda koʻpincha nikel, xrom, temir konlari boʻladi. O.ning shaffof sariqyashil turi — zabarjad (xrizolit yoki peridot) qimmatbaxr tosh hisoblanadi. Forsterit — oʻtga chidamli materiallar uchun xom ashyo.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil